Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:24

DNK testi Islomda jinsiy tajovuzga dalil bo‘lishi mumkin


Pokistonda Islom ulamolari kengashi DNK testi natijasini gunohi kabira sanalgan jinsiy tajovuzga dalil sifatida qabul qilishga qaror qildi. Pokiston ayollar tez-tez jinsiy tajovuz qurboni bo‘ladigan, jinoyatchilar esa, odatan jazosiz qoladigan davlatlardan biridir.

Pokiston qonunchiligiga binoan jinsiy tajovuzga uchraganini iddao qilgan fuqaro to‘rt kishi — hammasi katta yoshda va musulmon bo‘lgan to‘rt erkakni guvoh qilib keltirishi kerak.

Shundagina bu da‘vo sudda ko‘rilishi mumkin.

Jinoyatdan dalolat berishi mumkin bo‘lgan DNK testi esa qo‘shimcha dalil bo‘lishi mumkin, ammo yolg‘iz bo‘lgani holida bu dalil ishning sudga oshishi uchun yetarli hisoblanmaydi.

Biroq, 23 sentyabr kuni Pokiston ulamolar kengashi jinsiy tajovuz sodir etilgan taqdirda DNK testini dalil sifatida qabul qilish taklifini ma‘qulladi.

Kengash tomonidan e‘lon qilingan press-relizda ulamolar ma‘qullagan qarorni amalda joriy qilish masalasini hukumat hal qilishi aytilgan.

Shu yilning may oyida pokistonlik ulamolar kengashi qariyb 1 ming 400 yil avval nozil bo‘lgan Qur‘on asosida yuritiladigan shariat qonunlarini o‘zgartirish mumkin emas, degan bayonot bergan edi.

Kengashga a‘zo 20 ulamodan biri bo‘lgan Tohir Mahmud Ashrafiy ulamolar qarorini o‘zgartirgani sabablarini shunday izohladi:

- DNK testi aslida Islomga zid yoki shariatga qarshi hodisa emas. Agar sudya jinsiy tajovuzga oid ba‘zi jinoyat ishlarida DNK testi dalil sifatida zarur deb topsa, u holda buni qabul qilish yoki qilmaslik masalasini sud hal qilsin, degan qarorga keldik, - dedi pokistonlik ulamo Tohir Mahmud Ashrafiy.

Human Rights Watch tashkilotining Pokistondagi bo‘limi direktori Ali Dayon Hasanga ko‘ra, amaldagi qonunchilik talabiga muvofiq to‘rt erkak guvohni keltirish og‘ir bo‘lgani bois, mamlakatdagi jinsiy tajovuzga oid jinoyatlarning faqat 4 foizigina ochiladi.
XS
SM
MD
LG