Линклар

Шошилинч хабар
26 март 2025, Тошкент вақти: 08:52

Apple uch kun ichida to'qqiz million dona iPhone 5S va 5C sotdi


Apple shirkati 20 sentabr kuni sotuvga chiqarilgan iPhone smartfonining 5S va 5C modellari uch kun ichida to'qqiz million dona sotilganini ma‘lum qildi.

Qaysi model qancha donada sotilgani ochiqlanmagan bo'lsa-da, kuzatuvchilar aynan iPhone 5S modeli bo'lgan qiziqish katta ekanini aytishmoqda.

The Daily Telegraph nashri tarafidan Lodondagi Apple Store do'konlaridan birining oldida o'tkazgan so'rovga ko'ra, navbatda turganlarning 93 foizi iPhone 5S sotib olmoqchi ekanini aytgan.

Yangi smartfonlarning AQShdagi narxi 550 dollardan 850 dollargachadir.

O'zbekiston bozorida esa yangi iPhone'lar rekord narxda sotilmoqda. Xabarlarga ko'ra, savdoning dastlabki kunlarida iPhone 5S narxi 6 million so'mdan oshgan, ayni damda esa 4 million 50 ming so'mdan sotilmoqda.

iPhone 5S va iPhone 5C smartfonlarining sotuvga chiqqanidan so'ng Apple shirkatining aksiyalari 470 dollardan 490 dollargacha ko'tarildi.

iPhone 5S smartfoni oldingi versiyalardan kuchliroq protsessori, yaxshilangan kamerasi va barmoq izlari skaneri bilan ajralib turadi.

iPhone 5C Apple'ning boshqa smartfonlaridan farqli o‘laroq asosan plastikdan materiallardan ishlangan bo‘lib, narxi arzonroq bo‘ladi. Smartfonning g‘iloflari esa besh xil rangda bo‘lishi aytilmoqda.

O'tgan yili sentabr oyida e'lon qilingan iPhone 5 apparati uch kun ichida besh million donada sotilgan edi.
XS
SM
MD
LG