Линклар

Шошилинч хабар
21 март 2025, Тошкент вақти: 19:32

AQShning Toshkentdagi elchiligi Facebook va Twitter'da kamroq yozishidan ogohlantirdi


AQShning Toshkentdagi elchiligi mamlakat hukumati faoliyatining qisman to‘xtatilishi bilan bog‘liq vaziyat bois ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi pasayishidan ogohlantirdi.

Bu haqda elchilik o'zining Twitter va Facebook tarmoqlaridagi sahifalari orqali ma'lum qildi.




Eslatamiz, AQSh Prezidenti Barak Obama va muxolifatdagi Respublikachilar partiyasi yetakchilari qisman to‘xtab qolgan mamlakat hukumati faoliyatini qayta tiklash borasida hali ham murosaga erisha olgani yo'q.

Davlat va byudjet tashkilotlarining o‘z faoliyatini toxtatishi yangi byudjet tasdiqlanmagani bois 30 sentabr kuni yarim tundan, AQShda yangi moliyaviy yili kirishi bilan boshlangan edi.

Buning natijasida davlat idoralarining yuz minglab ishchilari o‘z hisoblaridan majburiy ta‘tilga chiqarildi va Amerikadagi milliy bog‘, muzey va obidalar yopib qo‘yildi.

Respublikachilar demokrat prezident Barak Obama taklif etgan sog'liqni saqlash sohasidagi davlat sug‘urtasi dasturini bekor qilishni yoki uni bir yilga kechiktirishni talab qilib, shundagina byudjetni ma‘qullaymiz, demoqda.

AQShning Moskva va Bishkekdagi elchiliklari ham hukumat faoliyatining qisman to'xtatilishi bois internetdagi faoliyatini vaqtincha to'xtatishini bildirgan.



AQShning O'zbekistondagi elchiligi mamlakatdagi boshqa diplomatik missiyalardan farqli o'laroq onlayn ijtimoiy tarmoqlarda faol ish yuritadi.

Elchilikning Facebook'dagi sahifasiga qariyb 47 ming kishi, Twitter'dagi sahifasiga esa 2100 kishi obuna bo'lgan.
XS
SM
MD
LG