Volgograd shahrida avtobusda sodir bo‘lgan portlash qurbonlari soni 6 nafarga yetdi.
Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Vladimir Markinning dushanba oqshomidagi bayonotiga tayanib Rossiyaning Novosti axborot agentligi xabar qildi.
“6 kishining hamda xudkush terrorchi ayolning jasadi topildi”, deb bayonot bergan Markin.
Ayni paytda yaralanganlar soni 33 kishiga yetgani xabar qilindi.
Rossiya Tergov qo‘mitasi tarqatgan dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, Volgograd shahrida avtobusni dog‘istonlik 30 yashar Naida Axiyalova portlatgan.
“Tergovchilar qo‘lga kiritgan ma‘lumotlarga qaraganda, bu ayol bekatlardan biridan avtobusga chiqishi bilanoq portlash sodir bo‘lgan”, deyiladi Tergov qo‘mitasi xabarida.