Линклар

Шошилинч хабар
22 март 2025, Тошкент вақти: 16:30

Apple iPad planshetining yangi versiyalarini e'lon qildi


iPad planshetining 2012 yilda chiqarilgan modeli
iPad planshetining 2012 yilda chiqarilgan modeli
Apple shirkati 22 oktabr kuni San Fransiskoda o'tgan taqdimot marosimida taniqli iPad planshetlarining yangi versiyalarini e'lon qildi.

Yangi iPad kutilganidek 9,7 dyuymli Retina ekranini saqlab qoldi, biroq oldingi versiyasiga qraganda 1,9 millimetrga yupqaroq va 28 foizga yengilroqdir.

Yupqaligi tufayli yangi plashetga iPad Air (ingl. "air"- o'zb. "havo") nomi berilgan. Bungacha Apple shirkati o'zining 9,7 dyuymli plashetlariga faqat "iPad" nomini berib kelar edi.

iPad Air plasnshetida iPhone 5S smartfonidagi kabi 64-razryadli Apple A7 protsessori o'rnatilgan.

Shirkat rahbari Tim Kukka ko'ra, yangi plashet 2010 yili taqdim etilgan eng birinchi modeliga qaraganda sakkiz marotaba tezroq ishlaydi. Grafikasining mahsuldorligi esa 72 martobaga kuchaygan.

1 noyabrdan bozorda chiqishi kutilayotgan iPad Air'ning eng arzon varianti (16 Gb xotira + WiFi) 499 AQSh dollaridan sotiladi. Planshetning mobil tarmoqqa ulana oladigan versiyasining narxi esa 629 dollardan boshlanishi aytilmoqda.

iPad Air'da tashqari Apple shirkati iPad mini planshetining yangi versiyasini ham e'lon qildi.

Kutilganidek, "kichkina" iPad'ning yangi modelida yuqori aniqlikdagi Retina ekrani o'rnatilgan bo'lib, LTE diapazonidagi mobil tarmoqlarga ulana olish imkoniyati bo'ladi.

Yangi iPad mini'ning WiFi'li modeli 399 dollardan, LTE'li modeli 529 dollardan sotiladi.

iPad planshetining ilk modeli 2010 yilda Apple'ning o'sha davrdagi rahbari Stiv Jobs tarafidan taqdim etilgan edi.

Apple shirkati to'rt yilda (2010-2012) jami 100 milliondan ortiq iPad planshetini sotgan. Joriy yilning uchinchi choragida esa 15 million dona iPad sotilgani aytilmoqda.
XS
SM
MD
LG