O‘zbekiston poytaxtidagi oliy o‘quv yurtlari paxta yig‘im-termidan qaytdi. Ayni paytda viloyatlardagi o‘quv yurtlari talabalari hamon paxta dalasida qolmoqda.
Ozodlik bloggerlarining talabalar paxta terimidan qaytayotgani haqidagi xabarlari, xususan, bir bloggerning Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya instituti talabalari terimdan qaytgani to‘g‘risidagi xabari izidan borib, tilga olingan o‘quv yurti bilan bog‘landik:
- Bu Irrigatsiya institutimi?
- Ha.
- Talabalar paxtadan qaytdimi?
- Ha, qaytishdi.
- Paxtada necha kun bo‘lishdi?
- 38 kun.
- O‘qish ertaga boshlanadimi?
- Shanba kuni boshlanadi, dedi Irrigatsiya va Melioratsiya institutining o‘zini tanishtirmagan domlasi.
Bu yilgi paxta terimiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta‘lim vazirligiga qarashli poytaxtdagi boshqa oliy o‘quv yurtlarining ishchi-xizmatchilari, laborantlari hamda magistrlari jalb etilgani, ular ham kechadan buyon daladan qaytib bo‘lgani to‘g‘risida Sharqshunoslik institutining o‘zini tanishtirishni istamagan domlasi xabar qildi.
Uning aytishicha, Sharqshunoslik instituti vakillari mavsum davomida 250 tonnadan ziyod paxta terib berdi.
Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari talaba va mudarrislari uchun “Paxta frontidagi urush tugagan” (bloggerlarimizdan birining iborasi) bir paytda viloyatlardagi o‘quv yurtlar talabalari uchun “jang” davom etmoqda.
Urganch davlat universiteti talabasi Ozodlik savoliga paxta dalasida turib javob berdi: “Hali qaytganimiz yo‘q”.
Buxoro Davlat Tibbiyot instituti talabalari ham hamon paxta dalasida qolmoqda. O‘quv yurti vakilidan so‘radik:
- Tibbiyot institutimi?
- Ha.
- Talabalar paxtadan qaytdimi?
- Yo‘q, yo‘q hali.
- Qachon qaytisharkan?
- Xabarim yo‘q.
- Talabalar necha kundan beri paxtada?
- 1 oyu 7 kun bo‘ldi.
Jizzax Davlat Politexnika instituti talabalarining paxtaga chiqqaniga 24 oktyabrь kuni 35 kun to‘ldi. Qachon qaytishlari hali ma‘lum emas. Institut bilan bog‘landik:
- Politexnika institutimi?
- Ha.
- Talabalar paxtadan qaytdimi?
- Yo‘q, hali.
- Qachon qaytisharkan?
- Xabarimiz yo‘q.
- Talabalar necha kundan beri paxtada?
- 19 sentyabrdan beri.
Hademay 2013 yilgi paxta mavsumi yakuniga yetadi va an‘anaga ko‘ra, mamlakat Prezidentining O‘zbekiston paxtakorlari va barcha mehnatkashlariga tabrigi e‘lon qilinishi mumkin.
Davlat rahbari o‘sha tabriknomasida o‘zlarining bevosita yumushlari – o‘qishdan kamida 1 yarim oyga uzilgan talabalarga va boshqa hasharchilarga alohida rahmat aytadimi-yo‘qmi, buni biroz kutishga to‘g‘ri keladi.
Har holda o‘tgan yilgi tabrikda aytmagan edi.