Линклар

Шошилинч хабар
21 март 2025, Тошкент вақти: 21:48

Germaniyada “Do‘nar kabob” otasi vafot etdi


Germaniyada turkiyalik muxojir, “Do‘nar kabob” fast fudining asoschisi deb ko‘riladgan Qodir Norman 79 yoshida olamdan o‘tdi.

Norman G‘arbiy Berlinda o‘zining ilk “Do‘nar-kabob” yemakxonasini 1972 yilda ochgan va mamlakatda birinchi bo‘lib non orasiga go‘sht solingan ana shu taomni sotishni boshlagan edi.

Qisqa davr ichida bu taom nemislarning eng sevimli va arzon taomiga aylandi.

Bugungi kunda Germaniya eng katta “Do‘nar kabob” tarmog‘iga ega mamlakatga aylangan.
XS
SM
MD
LG