Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:56

@gulnarakarimova: "Rustam Inoyatov prezident bo‘lish uchun allaqachon kurash boshlagan!"


O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi 31 oktabr kuni tushdan keyin Tvitterdagi sahifasida O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovning mamlakat rahbarligini butkul qo‘lga olishni boshlaganiga aniq ishorat qildi. Ammo prezident qizi "bu illyuziya uzoqqa cho‘zilmaydi" deb ta‘kidlashni unutmadi.

Avvaliga Gulnora Karimova¸ “Agar maxsus xizmatning birinchi rahbari uning xalq orasida mashhur bo‘lganidan sevinmasa va qo‘rqsa¸ demak uning O‘ZIda shaxsiy reja va ambitsiyalar bor” deb yozilgan tvitni "retvit"lardi va unga yig‘lab turgan odam tarzidagi ishoratni qo‘yib qo‘ydi.

Ana shundan keyin Kamil degan Gulnora muxlisi¸ “Siz nima deb o‘ylaysiz? Inoyatov O‘zbekiston prezidenti lavozimini egallash uchun kurashadimi? deb savol qo‘ydi.

Bu savolga javob bergan Gulnora Karimova o‘z tvitida “Kurashadi! U allaqachon kurashmoqda ! Nahotki tashqaridan ko‘rinmayotgan bo‘lsa ?! deb yozdi ((Будет! Он уже борется! Разве не видно со стороны?!))

Ketma-ket yozilayotgan navbatdagi tvitlarida @gulnorakarimova bu urinishni xomxayol deb baholadi:

Gulnora Karimovaning Tvitterdagi muxlisi Balbak Tulobayev “Otangiz bilan yarashing” degan maslahat berdi.

Bu tavsiyaga javoban Gulnora Karimova “ Uni hamma narsa haqida primitiv tarzda aldashmoqda” deb javob qaytardi.

30 oktyabrь kuni Twitter mikroblogida Gulnora Karimova o‘zining hukmdor emasligini eslatib hokimiyatga intilmayotganini pisanda qilgan edi.

Mamlakat hokimiyatini boshqarayotganni "hukmdor", deb ta‘riflagan @GulnaraKarimova hukmdorning o‘rnini "do‘zaxiy joy" deb baholadi:

"Men-hukmdor emasman!)) va bu do‘zaxiy joyga yetaman, deb o‘lib-tirilayotganim yo‘q...", deb yozdi jumladan @GulnaraKarimova.

2012 yilning dekabr oyida o‘tkazgan matbuot anjumanida O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova ambitsiyali va ziyoli bir shaxs sifatida o‘zini hech qanday imkoniyatlardan, xususan, prezident bo‘lish imkoniyatidan ham mahrum etmasligini aytgan edi.

O‘shanda Celebrity Scene News PR va RIA Novosti axborot agentligi muxbirlarining: “O‘zingizni O‘zbekistonning potentsial prezidenti sifatida ko‘rasizmi?” degan savoliga Karimova xonim: “Ambitsiyali hamda miyasi joyida va intiluvchan har bir odam potentsial davlat rahbari bo‘lishi mumkin”, deb javob qaytargan edi.
XS
SM
MD
LG