Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:39

Toshkentda ommaviy seksni targ‘ib qilgan ruhoniylar jarimaga tortildi


"Radjnish" ta‘limoti axloqiy tormozlardan “Total ozod bo‘lish” va seksual munosabatlarda mutlaq erkinlikni targ‘ib qiladi.
"Radjnish" ta‘limoti axloqiy tormozlardan “Total ozod bo‘lish” va seksual munosabatlarda mutlaq erkinlikni targ‘ib qiladi.
Toshkent viloyatidagi "Gornyak" oromgohida 23 nafar O‘zbekiston fuqarosi ishtirokida diniy ritual o‘tkazgan Hindistonning ikki fuqarosi jarimaga tortildi.

"Gornyak" oromgohidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ 16 oktabr kuni pansionat sport zalini ijaraga olib “OShO” nomli yangi hind ta‘limoti bo‘yicha diniy marosim o‘tkazgan Hindiston fuqarolari Panjobi Pushpa Pribxudasi va Txakur Rani Arjandas qo‘lga olingan.

Manbaning aytishicha¸ Hindistondan kelib yangi diniy oqimni targ‘ib qilgan bu ayollar sud qilinib 10 million so‘m jarimaga tortilgan va mamlakatdan chiqarib yuborilgan.

Bu ikki ayol O‘zbekiston fuqarolariga yangi madaniy-diniy ta‘limot ekani aytilgan "Radjnisha" g‘oyalarini targ‘ib qilganlikda ayblangan.

"Radjnish" ta‘limoti axloqiy tormozlardan “Total ozod bo‘lish” va seksual munosabatlarda mutlaq erkinlikni targ‘ib qiladi.

Bu ta‘limot seksual meditatsiya tajribasini "insonni sog‘lomlashtiruvchi tibbiy muolaja" deya targ‘ib qiladi.

Bu targ‘ibot bois "Radjnish" yo‘lboshchilari "seks-guru" deya nom chiqarishgan.

"Gornyak" oromgohidagi Ozodlik manbasiga ko‘ra¸ bu ikki ayol Hindistondan turib pansionat sport zali va xonalar ijarasi uchun pul to‘lashgan.

- Madaniy ko‘ngilochar tadbir o‘tkazamiz deb bron qilishdi. Bizda pasport nusxalari bor bu ikki ayolning. O‘zbekistonga turistik viza bilan kelishgan¸- deydi Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanidagi Navoiy oltin koniga qarashli "Gornyak"pansionatidagi Ozodlik manbasi.

Hindistonlik “din targ‘ibotchilarining” mahkamaga tortilganini yozgan 12uz.com nashrining huquq-tartibot organlari mulozimlariga tayanib ta‘kidlashicha¸ diniy ritual paytida uch nafar voyaga yetmagan O‘zbekiston fuqarosi ham bo‘lgan.

“Yangi hindiy” ta‘limoti peshvolariga “murid” bo‘lgan 23 kishi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib¸ ular Toshkent shahri va viloyatida qaydan o‘tishgan deb yozdi 12uz.com nashri.

"Radjnish" tashkiloti Rossiya va Germaniyada buzg‘unchi sekta sifatida taqiqlab qo‘yilgan. O‘zbekistonda bu tashkilot rasman qayddan o‘tmagan.

"Radjnish" ta‘limotidagi “Ommaviy seks” g‘oyasi badiiy tarzda tasvirlangan "Qattiq daryolar, marmar shamol" asari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, Internetda e‘lon qilingan.

Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanidagi tog‘u-toshlar Hindistondan kelgan turli diniy oqim vakilllarining sevimli maskani ekani kuzatiladi.

Krishna ta‘limoti xalqaro jamiyati (ISKCON) 2003 yildan 2008 yilga qadar Toshkent viloyatida “Chimyon sadosi” deb nomlangan bard qo‘shiqlari festivalini o‘tkazib kelgan.

Bu festival doirasida "Food for life" degan ziyofat ham tashkil qilinib krishna ta‘limotiga qiziqqanlarga vegetarian taomlar ulashilgan.

Bu tadbirlarni missionerlik deya malakalagan O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi din ishlari idorasi Krishna ta‘limoti xalqaro jamiyatining Toshkentdagi sho‘‘basiga ogohlantiruv maktubi jo‘natib “Chimyon sadosi” deb nomlangan bard qo‘shiqlari festivalini taqiqlab qo‘ygan edi.
XS
SM
MD
LG