O‘zbekistonda benzin taqchilligi bilan bog‘liq vaziyat keskinlashmoqda. Dushanba kuni ham Toshkentdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari oldida ertalabdan uzundan-uzoq navbatlar paydo bo‘ldi. Kunning ikkinchi yarmida AYoQShlarning ko‘pchiligida benzin tugadi.
Taqchillik sababli AYoQShlarda bitta mashinag 10 litrdan ortiq benzin quyilmayapti. Benzin narxi ham keskin qimmatlab ketdi. O‘tgan hafta O‘zbekistonning ba‘zi hududlarida qo‘lda benzinning bir litri misli ko‘rilmagan 8 ming so‘mdan sotildi.
Ozodlikning bu mavzuga bag‘ishlangan OzodNavigator dasturidan ma‘lum bo‘lishicha, O‘zbekiston sobiq ittifoq davlatlari ichida benzin taqchilligiga yuz tutayotgan yagona davlat ekani ma‘lum bo‘ldi.
Ozodlik MDH va Yevropada benzin va dizel yonilg‘isi narxlarini o‘rganib, quyidagi jadvalni tayyorladi.