Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:02

O‘zbekistonlik futzalchilar 2014 yilgi Osiyo chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi


O‘zbekistonning futzal bo‘yicha milliy terma jamoasi 2014 yilgi Osiyo chempionatining final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichida o‘zbekistonlik futzalchilar barcha raqiblari ustidan g‘alaba qozonib, guruhni birinchi o‘rin bilan yakunladi.

7 noyabr kuni o‘tgan saralash bosqichining so‘nggi turida o‘zbekistonlik futzalchilar qirg‘izistonlik raqiblarini 5:1 hisobida mag‘lub etishdi.

Saralash bosqichida ikkinchi o‘rinni uch o‘yinda olti ochko to‘plagan Tojikiston, uchinchi o‘rinni bir ochko bilan Qirg‘iziston, to‘rtinchi o‘rinni bir ochko bilan Turkmaniston terma jamoalari egalladi.

Shunday qilib, 2014 yilgi Osiyo chempionatiga Turkmaniston futzalchilari bormaydigan bo‘ldi.
XS
SM
MD
LG