Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:56

Gulnora muslima ayol kiyimida duo o‘qib, Allohga yolvordi


20 oktabrdan boshlab "siquv"ga olina boshlagan prezidentning to‘ng‘ichi Gulnora Karimovaning deyarli barcha biznes ob‘ektlarida taftish ishlari davom etmoqda.

Shu paytgacha "o‘zi xon, ko‘lankasi maydon" bo‘lib kelgan Karimova xonim barcha tele- radiokanallari, kafe- restoranlari yopilib, nazoratida bo‘lgan boshqa biznes tarmoqlari ham "falajlangan" bir paytda o‘zining yagona "yupanchi" sifatida Twitterdan foydalanmoqda.

Har kuni deyarli 24 soat davomida bitik qoldirayotgan @GulnaraKarimova o‘z tvitlari orqali shov-shuvga sabab bo‘ladigan ma‘lumotlarni ham "oshkor" qilishdan to‘xtamayapti.


8 noyabr. Gulnora duo o‘qib, Allohga yolvordi

Bugun erta tongda Gulnora Karimova Istagramdagi o‘z sahifasida muslima ayol kiyimida tushgan suratini e‘lon qildi. Suratda Gulnora boshiga ro‘mol o‘ragan va qo‘l-oyoqlari bekitilgan uzun yengli hamda uzun etakli ko‘ylak kiygan holda aks etgan. Shuningdek, suratda Gulnora qo‘lida tasbeh ushlagan holda turibdi.

Surat yoniga esa "Qunut" duosining yarmi yozilgan: "Allaxumma inna gasta‘inkka va nastagfiruk! Vank‘minu biyea va natavakkulu ‘alaykp va nusiiy ‘alvykal xoyr. Kullaxu nashkuruka va la nakfuruk. Va naxla‘u va natoukk may-yafjuruk". (Imlo Gulnora Karimovaga tegishli, tahr.)
"Qunut" duosining Gulnora keltirgan qismining ma‘nosi: "Ey Rabbim, Sening yordam berishingni, hidoyat qilishingni, gunohlarni kechishingni so‘rayman. Senga tavba qildim, iymon keltirdim va Senga suyandim. Yaxshiliklarning barchasi bilan Seni sifatlaymiz. Senga shukr qilamiz, noshukrlik qilmaymiz. Senga fojirlik qilganlardan chetlashamiz".
Ushbu duo odatda odam boshiga kulfat tushgan payti o‘qiladi. Shuningdek, Xufton namozidan keyin Vitr so‘nggida ham "Qunut" duosi o‘qiladi.
Shu bois bu surat orqali Gulnora namozxon ekanligiga ishora qilmoqchimi yoki shunchaki Allohga yolvorayaptimi, buni anglash qiyin.

7 noyabr. "Fond Forumni yopishmoqchi"

XS
SM
MD
LG