9 noyabr kuni ertalab o‘zbek-qozoq chegarasining G‘ishtko‘prik chegara-nazorat maskanida 40 yoshlardagi ayol jon taslim qildi. Farg‘ona.Ru axborot agentligining voqea joyidagi guvohlar so‘ziga tayanib xabar qilishicha, ayol ikki qizi bilan Qozog‘istonga ketayotgan bo‘lgan.
Ismi hozircha noma‘lum qolayotgan marhuma chegara maskanida turgan paytidayoq o‘zini yomon his qila boshlagan. Guvohlarga ko‘ra, navbat kutib turgan bu ayolning qiynalib nafas olayotgani ko‘rinib turardi.
“Biroq u o‘q tekkandek yiqilgunicha indamay turishda davom etdi”, - deydi ayol bilan birga navbatda turgan guvohlar.
Ularning aytishicha, ratsiya orqali chaqirilgan “Tez yordam” mashinasi voqea joyiga ancha kechikib kelgan.
Chegaradagi tibbiyot punkti shifokorlari tomonidan ayolni hayotga qaytarish urinishlari foyda bermagan. Uning yurak xuruji yoki miyaga qon quyilishidan o‘lgani taxmin qilinmoqda.
Sodir bo‘lgan fojea chegaradan o‘tishga urinayotgan fuqarolarning yanada uzoqroq tutib qolinishiga sabab bo‘lgan. Pirovardida shu kuni Qozog‘iston tomoniga o‘tmoqchi bo‘lgan fuqarolar 7 soatlab navbat kutishiga to‘g‘ri kelgan.
Navbatda turib charchagan yo‘lovchilar bojxona ko‘rigi zalini tark etayotgan paytda ayol jasadi oldida o‘kirib yig‘layotgan ikki qizni ko‘rib, ko‘ngillari buzilganini aytganlar.
Farg‘ona.Ru mazkur hodisa bu chegara maskanida sodir bo‘layotgan birinchi fojeaviy voqea emasligini qayd etadi. Guvohlarga ko‘ra, ikki yillar avval bu yerda tiqilinchda 78 yoshli o‘zbek ayol yurak xurujidan vafot etgandi.
Chegaradan tez-tez o‘tib turuvchi o‘zbekistonliklarga ko‘ra, bojxona va chegara maskanlaridagi turnaqator navbatlar va tiqilinchlar xavfsizlik va qonunga rioya qilish istagidan emas, balki mahalliy davlat xizmatlarining yoppasiga korruptsiyalashganidan kelib chiqmoqda.
Bugungi kunda o‘zbek-qozoq chegarasida 12 ta nazorat-o‘tkazish maskani faoliyat ko‘rsatayapti. Ulardan 2 tasi temir yo‘l va 10 tasi avtomobillar o‘tishiga mo‘ljallangan.