Линклар

Шошилинч хабар
17 октябр 2018, Тошкент вақти: 16:41

Futbol: O'zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 yo'llanmasini qo'lga kiritdi


Futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi safarda Gonkong termasini mag'lub etdi va 2015 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Seshanba kuni bo'lib o'tgan Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichining "E" guruhidagi 5-tur uchrashuvida Mirjalol Qosimov shogirdlari gongkonglik raqiblari ustidan 0:2 hisobida ustun kelishdi.

O'zbekiston jamoasining ikkala goli ham uchrashuvning so'nggi daqiqalarida kiritildi. Vohid Shodiyev 84-daqiqada jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tib Odil Ahmedov hisobni 0:2ga o'zgartirdi.

Shunday qilib, "E" guruhidagi besh uchrashuvda 10 ochko to'plagan O'zbekiston terma jamoasi muddatidan avval - saralash bahslari yakunlanishiga bir tur qolganda 2015 yili Avstraliyada o'tadigan Osiyo Kubogiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Saralash bosqichining "E" gurhidagi ikkinchi juftlik - Birlashgan Arab Amirliklari va Vetnam terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ham bugun bo'lib o'tadi.

Eslatamiz, "E" guruhidagi birinchi pog'onani 4 uchrashuvda 12 ochko to'play olgan BAA jamoasi egallab turibdi. Uchinchi o'rindan 4 ochko bilan Gongkong jamoasi, to'rtinchi o'rindan esa ochkosiz Vetnam jamoasi o'rin olgan.

Сизнинг фикрингиз

Шарҳларни кўрсатинг

XS
SM
MD
LG