Toshkent aviasozlik zavodiga nisbatan bankrotlik jarayoni bekor qilindi. Toshkent xo‘jalik sudining bunga oid qaroriga ko‘ra, korxonadan “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi” nomi olib tashlandi. Bir necha yildan beri sinish yoqasida bo‘lgan zavod vakilining Ozodlikka aytishicha, sud qarori bilan “Toshkent mexanika zavodi”ga aylantirilgan korxonada endi samolyotlar ishlab chiqarilmaydi.
Toshkent xo‘jalik sudi 19 noyabr kuni samolyotsozlik korxonasiga nisbatan bankrotlik jarayonini bekor qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.
Bir necha oy avval Toshkentdagi korxonada “Il-114” samolyotlarini yig‘ish ishlari davom etishi mumkinligiga doir xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Lekin zavod vakilining Ozodlik muxbiriga aytishicha, bir paytlar Markaziy Osiyoda yagona hisoblangan samolyotsoz korxonadan endi samolyot chiqmaydi.
- Yo‘q, bunday mahsulot endi chiqmaydi. Albatta, buning uchun uskunalar saqlanib qolgan, lekin bundan keyin samolyotsozlik bilan shug‘ullanmasak kerak. Balkim, o‘zimizning "O‘zbekiston havo yo‘llari" shirkati uchun “Il-114” samolyoti bo‘yicha ba‘zi ishlarni amalga oshirishimiz mumkindir. Lekin hozir avvalgi imkoniyatlarimiz qolmagan,- dedi Toshkent mexanika zavodi yuristi.
Korxona yuristi Yuriy Chabin Ozodlik bilan suhbatda sud qaroriga ko‘ra, zavod bundan keyin “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi” emas, “Toshkent mexanika zavodi” brendi ostida faoliyat yuritadi, deya ma‘lum qildi.
Yuriy Petrovich, bankrotlik jarayoni to‘xtatildi, degan xabarga ham aniqlik kiritdi.
- Jarayon to‘xtatilmadi, olib tashlandi. Ya‘ni bu biz ishlashni davom ettiramiz degani. Lekin yangi brend ostida boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz,- dedi Toshkent Mexanika zavodi yuristi.
Suhbatdoshimiz, korxonada qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishini oldindan ayta olmasligini bildirdi.
Zavod vakilining Ozodlik muxbiriga aytishicha, so‘nggi uch yil ichida korxona haqdorlaridan qarzining katta qismini uzgani Toshkent xo‘jalik sudining 19 noyabr kungi qaroriga asos bo‘lgan. Lekin hali uzilmagan qarzalar saqlanib qolganini e‘tirof etgan Chabin, gap qanday summa haqida ketayotganini aniqlashtirmadi.
Uning aytishicha, Toshkent mexanika zavodini ta‘sis qilish uchun tegishli hujjatlarni tayyorlash ishlari hali boshlanmagan va yangi tuzilajak korxonada qanday mahsulotlar ishlab chiqarilishi ham hozircha noma‘lum.
“Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi” 1941 yilda tashkil topgan. Ikkinchi jahon urushi paytida Moskva viloyatidan evakuatsiya qilinib, Toshkentda qolib ketgan samolyotsoz korxonada fuqaroviy va harbiy aviatsiya uchun minglan ortiq samolyot ishlab chiqarilgan.
Zavod turli yillarda 20 mingacha odamni ish bilan ta‘minlagan va unda “Il-76”, “Il-114” kabi yo‘lovchi va yuk tashuvchi samolyotlar hamda boshqa turdagi uchish apparatlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarilgan.
1990 yillar oxirlari 2000 yillar boshlarida zavodda ishlab chiqarish deyarli to‘xtab qoldi va manti-qosqon, kastryulь, qozon kabi xo‘jalik mollari ishlab chiqarilgan.
2010 yilda kreditorlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajara olmasligi ma‘lum bo‘lgan korxonaga nisbatan Toshkent shahar xo‘jalik sudi qarori bilan bankrotlik jarayoni boshlandi.
Undan keyin O‘zbekiston hukumati Germaniyaning Mercedes-Benz shirkati bilan aviasozlik zavodi o‘rnida nemis avtobuslarini yig‘ish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilinishini e‘lon qildi. Lekin nemislar bilan kelishuvga erishilmagani sababidan bu niyat amalga oshmadi.
2012 yil may oyida “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya birlashmasi” tsexidan oxirgi "Il-114" rusumli samolyot chiqarildi. Shu yili zavoddagi uskunalarni demotaj qilish ishlari boshlandi.