Линклар

Шошилинч хабар
16 март 2025, Тошкент вақти: 14:08

Qimmatbaho "Afrosiyob" yo‘lidagi arzon simto‘rlar o‘g‘irlanmoqda


2011 yildan boshlab Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qatnay boshlagan “Afrosiyob” tezyurar poyezdi yo‘lida o‘rnatilgan simto‘rlarning o‘g‘irlab ketilayotgani¸ bolalarning esa tezyurar poyezdga tosh otishlari o‘zbek rasmiylarini harakat xavfsizligini ta‘minlash uchun muayyan tadbirlarni qo‘llashga majbur qilmoqda.

O‘zbekiston Transport prokuraturasi rasmiylarining davlat nashrlariga ma‘lum qilishicha¸ hozirda Toshkent-Samrqand o‘rtasidagi 344 kilometrlik masofani 2 soatu 8 daqiqada bosib o‘tayotgan “Afrosiyob” poyezdi xavfsizligini ta‘minlash maqsadida yo‘l bo‘ylab tortilgan simto‘rlar aholi tomonidan o‘g‘irlab ketilmoqda.

Rasmiylar ta‘kidicha¸ o‘g‘irlangan simto‘rlarni aholi o‘z molxonalari ihotasi uchun ishlatmoqda.

Ispaniyaning “Patentes Talgo S.L.” shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan ikkita tezyurar poyezd ispan shirkati va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2009 yilda imzolangan oldi-sotdi bitimiga muvofiq, 38 million yevroga baholangan edi.

Tezligi soatiga 250 kmga cha chiqish imkoniga ega bu ikki qimmatbaho ispan poyezdi Toshkentdan Samarqandga borguncha¸ to‘rt viloyat hududidan o‘tadi. Ozodlikning bu poyezd xavfsizligi uchun mas‘ullardan biri bilan suhbatidan ayon bo‘lishicha¸ “Afrosiyob” yo‘lidagi aksar o‘g‘irlik va tosh otishlar¸ asosan¸ Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridan qayd etilmoqda

- Toshkent viloyati hududida bu borada muammo yo‘q. Asosan¸ jg‘irlik va tosh otishlar Jizzax¸ Sirdaryo hududida kuzatiladi. Poyezd xavfsizligi uchun butun yo‘l simto‘r bilan o‘ralgan. Lekin shunga qaramay¸ tosh otishlar¸ ihotaning buzilishi poyezd xavfsizligiga jiddiy tahlika tug‘dirmoqda¸ deydi “Afrosiyob” xavfsizligini ta‘minlashga mas‘ullardan biri Ozodlik bilan suhbatda.

Aytilishicha¸ hozirda poyezd harakat xavfsizligiga jiddiy tahlika tug‘diruvchi bunday harakatlarga chek qo‘yishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqarilgan .

Bunday tadbirlarning asosiylari esa¸ “Afrosiyob” harakati xavfsizligi uchun mas‘ulning Ozodlikka bildirishicha¸ aholi va yoshlar o‘rtasida tezyurar poyezd xavfsizligiga oid axborot tarqatishdir.

- Bu yil “Afrosiyob” yo‘lidagi o‘g‘irlik va tosh otishlar o‘tgan yilgan nisbatan ancha kamaydi. Sababi¸ mahalla qo‘mitalari va maktablarda poyezd xavfsizligiga oid tushuntirish ishlarining keng yo‘lga qo‘yilganidir¸ deydi Ozodlik suhbatlashgan temir yo‘l xavfsizligi mas‘ullaridan biri.

Afrosiyob poyezdi qatnovga qo‘yilganidan beri harakat xavfsizligiga rioya qilinmasligi oqibatida hozirga qadar bir necha baxtsiz hodisa qayd qilingan.
Xususan¸ sirdaryolik 7 yashar Aziza Faxriddinova o‘tgan yilning 27 yanvar kuni “Afrosiyob” tezyurar poyezdidan olgan og‘ir jarohatdan o‘ziga kelmasdan¸ hayotdan ko‘z yumgan edi.

Samarqand Transport prokuraturasiga ko‘ra, tezyurar poyezdning kuchli shamoli 7 yoshli Aziza Faxriddinovani uchirib yuborgan.

Bunday fojiaga esa¸ temir yo‘l bo‘ylab o‘rnatilgan to‘siqlarning buzilib, o‘g‘irlab ketilishi, belgilanmagan joydan to‘siqni oshib o‘tish, poyezdlarga tosh otish kabi qonunbuzarliklar sabab qilib ko‘rsatilgan edi.

2012 yilning 16 iyun kuni Jizzax shahri hududida “Afrosiyob” tezyurar poyezdi 30 yoshli Nargiza Sarayevani urib yuborgan va ayol voqea joyida vafot etgan edi.

Garchi “Afrosiyob” yo‘lidagi muammolar hamon saqlanib qolayotgan bo‘lsa-da¸ Ozodlik suhbatlashgan temir yo‘l xavfsizligi mutasaddilariga ko‘ra¸ Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi tezyurar poyezd qatnovi rejadagiday davom etmoqda.
XS
SM
MD
LG