Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 07:50

Prezident Karimov dunyodagi 500 qudratli musulmondan biri


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov ilk bor dunyoning eng qudratli 500 musulmoni ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda 4 dekabr kuni Bi-Bi-Si xabar berdi.

Ro‘yxatdagi birinchi to‘rtlikka Misrning "Al-Azhar" universiteti buyuk shayxi Ahmad Muhammad at-Toyib, Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla bin Abdulaziz, Eron Oliy ruhoniysi Oyatulloh Ali Homanaiy, Iordaniya qiroli Abdulloh kiritilgan.

Prezident Islom Karimov esa, qolgan 496 ta qudratli musulmonning safidan joy oldi. Bi-Bi-Sining xabar berishicha, mazkur ro‘yxatdan O‘zbekiston Bosh muftiysi Usmonxon Alimov ham o‘rin olgan.

"Dunyoning eng qudratli 500 musulmoni" ro‘yxati Ummondagi Qirollik Islomiy Strategik Tadqiqotlar markazi tomonidan 2009 yildan beri e‘lon qilib kelinadi.
XS
SM
MD
LG