Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 00:19

O‘zbekistonda bolalar “yomon ko‘rsatuvlar”dan ihota qilindi


Noyabr oyi oxiridan boshlab O‘zbekistondagi kabel televideniyelari va raqamli televideniyelarda “Karusel ”, “Disney” va “Detskiy mir” (Bolalar dunyosi) telekanallari cheklangan tartibda efirga uzatilmoqda.

Mazkur telekanallarni o‘zbekistonlik bolalar endilikda ertalabki soat 7 dan kechki soat 10 gachagina tomosha qilishlari mumkin, boshqa payt esa bu telekanallarda faqatgina zastavka namoyish qilinmoqda.

Toshkentda faoliyat yurituvchi Starts TV raqamli televideniyesining o‘zini tanishtirmagan xodimasi Ozodlikka mazkur cheklov “yuqorining buyrug‘i asosida” kiritilganini ma‘lum qildi.

- Kechqurun soat 10 dan keyin ertalabki soat 7 gacha o‘chirilayapti. Bunga yuqoridan – Vazirlar mahkamasidan buyruq keldi. O‘smirlarga xos bo‘lmagan fil mlar berilayotgan ekan bu paytda, shu sababdan o‘chirildi. Bu telekanallarni UZDIGITAL da ham, kabel televideniyelarida ham o‘chirishdi, - dedi Starts TV xodimasi.

Suhbatdoshimizning aytishicha, cheklov O‘zbekiston Vazirlar mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati va uzatilishi samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo‘yicha muassasalararo muvofiqlashtiruvchi komissiya bayonnomasi asosida kiritilgan.

Toshkentlik Temur aka “Karusel ”, “Disney” va “Detskiy mir” telekanallari efirining cheklanishini noto‘g‘ri deb hisoblashini aytadi.

- Mening fikrim – umuman odamni cheklash kerakmas. Misol uchun, o‘sha bolalarning ota-onasi bor. O‘zining ixtiyoriga qarab turib, bolalariga ko‘rsatadi – to‘g‘rimi-yo‘qmi? Umumiy cheklashni noto‘g‘ri deyman-da men, misol uchun, - deydi Temur aka.

Ayrim toshkentliklar taxminicha, bolalar uchun ko‘rsatuvlar namoyish qiladigan xorijiy telekanallar efiriga cheklov joriy qilinishi o‘zbek rasmiylarining mahalliy telekanallar, xususan, “Bolajon” telekanaliga tomoshabin jalb qilish istagidan kelib chiqqan.

Efiri cheklangan “Karusel ” telekanali Rossiyaning 1-kanal va VGTRK davlat kanallari qo‘shma loyihasi, “Detskiy mir” (Bolalar dunyosi) Rossiyaning NTV telekanali loyihasi, “Disney” esa jahonga mashhur Disney channel loyihasi bo‘lib hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning avgust oyida O‘zbekiston kabel televideniyelarida Rossiyaning “Domashniy” telekanali translyatsiyasi to‘xtatilgandi. 2011 yili esa Rossiyaning DTV, TNT, 2x2 telekanallari translyatsiyasi, undan avvalroq RenTV dasturlari namoyish etilishi taqiqlangan.

Toshkentlik Temur aka O‘zbekistondagi kabel televideniyelarida ishlaydigan xodimlarga o‘z vaqtida bu telekanallar nima uchun namoyish qilinmay qo‘ygani haqida savol berganini aytadi.

- Men: “Nimaga RenTVni ko‘rsatmaysizlar, TV-Tsentrlarni ko‘rsatmaysizlar?” deb so‘ragan edim kabel niydan. Misol uchun, “Dojd ” degan kanallari bor Rossiyaning. Ochiq-oydin gapiradigan shunaqa boleye demokratichniy informatsionniy kanallar bor-da. Bizning O‘zbekiston to‘g‘risida ham gapirishadi-da o‘sha kanallarda. “O‘shalarni nega qo‘ymaysizlar, odamlar qiziqib ko‘radi-ku” desam, “Biz qo‘ysak, keyin litsenziyamizni olib qo‘yadi, ishxonani yopib qo‘yadi davlat”, dedi. Xullas kalom, hammayoqdan ihotalanib o‘tiribmiz-da mustaqil bo‘li-ib, chegaralarni yopvoli-ib, qo‘shnilar bilan urushvoli-ib, - deydi Temur aka istehzo bilan.
XS
SM
MD
LG