Линклар

Шошилинч хабар
15 март 2025, Тошкент вақти: 08:45

Xayrulla Hamidovning otasi o‘g‘lining avf qilinishini kutmoqda


Navoiy qamoqxonasida 6 yillik jazo muddatining 4 yilini o‘tagan Xayrulla Hamidovning otasi 64 yashar Ubaydilla Hamidov o‘g‘lining O‘zbekiston konstitutsiyasining 21 yilligi munosabati bilan e‘lon qilingan amnistiya doirasida ozod qilinishidan umid qilmoqda.

Bundan bir yarim oy oldin o‘g‘li bilan uchrashib qaytgan Ubaydulla Hamidov Ozodlik bilan suhbatda amnistiyadan umidvor ekanini bildirdi.

Ubaydulla akaga ko‘ra, Xayrulla O‘zbekiston konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligi munosabati bilan qabul qilingan amnistiyaga tushish maqsadida iltimosnoma yozgan.

- Iltimosnoma yozgan avf so‘rab. Xudo xohlasa¸ yangiliklar bo‘lib qolsa, eng birinchi Ozodlik muxlislariga aytamiz. Men ham, onasi ham prezidentga xat yozdik. Konstitutsiyaning 21 yilligi bois chiqqan amnistiya uchun. Chiqib qolsa zora. Xudo xohlasa. Bir yarim oy oldin Qiziltepa qamoqxonasiga borib uchrashdik. Yaxshi, sog‘-omon ishlab yuribdi. Sog‘liqlari ham yaxshi. Borib keldim, yaxshi. Hammaga salom deb yubordi o‘g‘lim. Ishlab yuribdi. Bir og‘iz gap bilan turma turmada endi? Endi iloji yo‘q. Qamoqxona rahbariyati ham undan norozi emas,- deydi Ubaydulla aka.

Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:04:54 0:00
Бевосита линк


37 yashar Xayrulla Hamidov “O‘zbekiston futboli”, respublika televideniyesida muxbir va sport sharhlovchisi bo‘lib ishlab kelgan. Qamalgunga qadar u futbolga bag‘ishlangan “Interfutbol”, “Chempion” gazetalarida tanqidiy ruhdagi maqolalari bilan chiqayotgan edi.

Xayrulla Hamidov Toshkentdagi “Navro‘z” radiosi orqali efirga uzatilgan “Xolislik sari” eshittirishidagi va‘zlari bilan, keyinchalik esa “Odamlar orasida” gazetasidagi faoliyati bilan o‘zbekistonliklar orasida shuhrat qozongan.

Xayrulla Hamidov 2010 yilning 21 yanvar kuni hibsga olingan edi.

2010 yil 27 may kuni Toshkent viloyat Jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Xayrulla Hamidovni "Jihodchilar" diniy-ekstremistik guruhiga aloqadorlikda aybdor, deb topib, 6 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi.

Xayrulla Hamidovning qamalishini qator xalqaro tashkilotlar, jumladan, Hyuman Rayts Uotch, Xalqaro Amnistiya kabi tashkilotlar keskin qoralagan va uning ozodlikka chiqarilishini so‘rab kelmoqda.
XS
SM
MD
LG