Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:50

Nelson Mandela tug‘ilib o‘sgan Qunu qishlog‘ida dafn qilindi


Janubiy Afrika Respublikasi sobiq prezidenti Nelson Mandela 15 dekabr kuni tug‘ilib o‘sgan Sharqiy Keyp viloyatidagi Qunu qishlog‘ida dafn qilindi.

Undan oldin poytaxt Pretoriyada minglab odam, jumladan, mamlakatni boshqarayotgan Afrika Milliy Kongressi, Mandelaning oila a‘zolari, hukumat rasmiylari va xorijdan kelgan mehmonlar Nelьson Mandela bilan vidolashuv marosimlarida ishtirok etdi.

Mandela 5 dekabr kuni 95 yoshida vafot etgani munosabati bilan mamlakatda 10 kunlik motam e‘lon qilingan edi.

Aparteidga qarshi olib borgan kurashi uchun 27 yil qamoqda saqlangan Mandela 1990 yilda ozodlikka chiqqanidan so‘ng milliy yarashuv g‘oyasini targ‘ib qilgan.

1994 yilda u Janubiy Afrika Respublikasida o‘tkazilgan ilk demokratik saylovda mamlakatning birinchi qora tanli prezidenti etib saylangan edi.
XS
SM
MD
LG