Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:48

Messining otasi pul yuvishda gumonlanmoqda


"Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messining otasi Xorxe Messi narkotiklar savdosidan tushgan pulni yuvganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda "El Mundo" nashri xabar berdi.
Ispaniya fuqaroviy gvardiyasi olib borgan tergovning dastlabki natijalariga ko'ra, Xorxe Messi 2011 yildan beri har yili o'tkaziladigan "Messining do'stlari Jahon yulduzlariga qarshi" xayriya o'yinlari orqali noqonuniy pullarni legallashtirgan bo'lishi mumkin.
"El Mundo" nashrining yozishicha, Messining otasi o'z xizmati uchun yuvilgan puldan 10-20 foiz ulush olganligi tahmin qilinmoqda.
Xayriya o'yinlarida qatnashgan "Barsa"ning qator o'yinchilari, jumladan, Daniel Alves, Xose Manuel Pinto, Xavyer Maskerano va Lionel Messining o'zi tergovchilar tarafidan so'roqqa tutilgan.
Tergovchilar tahminiga ko'ra, noqonuniy pullar xayriya uchrashuvlaridagi 0-qator (o'yinga homiylik qilgan, biroq o'zlari stadionga kelmaganlar uchun belgilangan ramziy qator) orqali yuvilgan. 0-qatordan tushgan pullarning kelib chiqishini aniqlashning deyarli ilojisi yo'q, deb yozadi "El Mundo" nashri.
Eslatamiz, bir necha oy avval Messi va uning otasi Ispaniyada soliqdan bo'yin tovlashda ayblangan edi.
"Barselona"ning argentnalik hujumchisi Lionel Messi FIFAning 2013 yilgi "Oltin to'p" sovriniga asosiy da'vogarlardan biridir. 26 yoshli Messi yilning eng yaxhsi futbolchisiga beriladigan ushbu sovringa so'nggi to'rt yil davomida egalik qilib kelmoqda.
XS
SM
MD
LG