Qirg‘iziston O‘zbekistonga “Qambarota-1” GESi loyihasida ishtirok etishni taklif qildi. 16 dekabrь kuni Bishkekda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mana shu haqda gapirdi.
“O‘zbekiston siyosiy o‘yinlardan qo‘rqmoqda. Men yaqinda ularga ana shu qo‘rquv ketishi uchun loyihada ishtirok etishni taklif qildim. GES loyihasi O‘zbekiston va Qozog‘iston qishloq xo‘jaligini suv bilan ta‘minlash maqsadida ishlab chiqilgan”, – dedi Atambayev.
Prezidentga ko‘ra, GESdan foyda borligini Qozog‘iston anglab yetgan. Atambayev O‘zbekiston ham GESning foydasini anglab yetishiga umid bildirdi.
Qirg‘iziston Qambarota 1 loyihasini 2009 yilda e‘lon qilgan edi. O‘shandan beri O‘zbekiston tomoni mazkur loyiha mintaqa ekologiyasiga zarar yetkazishini aytib, uning amalga oshirilishiga qarshilik qilib kelmoqda.