Toshkent shahridagi do‘konlarda keyingi ikki kun ichida "Coca-Cola Icihmligi Uzbekiston, LTD" kompaniyasi ishlab chiqargan mahsulotlar narxi ikki barobarga qimmatlab, 1,5 litrlik Coca-Cola ichimligi to‘qqiz ming so‘mga yaqinlashib qoldi.
O‘tgan haftaning oxiridan boshlab Toshkentdagi barcha do‘konlarda Coca-Cola ichimligining tanqislashib qolgani kuzatilmoqda.
Coca-Colaning 1,5 litrining narxi keyingi 2-3 kun ichida 3800 so‘mdan 8700 so‘mgacha ko‘tarildi.
Ozodlik muxbiri Toshkentdagi yirik oziq-ovqat do‘konlari bilan bog‘landi.
“Korzinka.uz”, “Continent”, “Makro” tarmoq do‘konlarining barchasida Coca-Cola ichimligining 1,5 litrligini faqat yoniga 1 yoki 0,5 litrlik “Fuse Tea” - sovuq choyi qo‘shilgan holda xarid qilish mumkin.
- Kola 1,5 litrligi bor. Choy bilan sotayapmiz. Alohida sotmayapmiz. Bizda alohida yo‘q,- deya javob berdi bog‘langanimiz barcha do‘kon xodimlari.
“Continent” do‘konida hozirda 1,5 litrlik kolani qariyb to‘qqiz mingga xarid qilish mumkin.
- 8706 so‘m. Choy bilan birga. 1,5 litr kola, 1 litr choy, dedi “Continent” do‘koni xodimasi.
“Korzinka.uz” do‘konlarida esa nisbatan arzonroq - 7000 ming so‘m (Kola bilan choy)ga olsa bo‘ladi.
Suhbatdoshlarimiz aktsiya ekani aytilgan ushbu tadbir yangi yilgacha davom etishini aytishdi.
Ozodlik manbasiga ko‘ra, Coca-Cola kompaniyasining Markaziy Osiyodagi eng yirik zavodi hisoblangan Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan "Mega" zavodida shu kunlarda Coca-Cola ichimligi juda oz miqdorda ishlab chiqarilayapti.
"Coca-Cola Icihmligi Uzbekiston, LTD" korxonasining o‘zini tanishtirmagan mutaxasisi Ozodlik bilan suhbatda haqiqatdan ishlab chiqarish kamayganini tasdiqladi.
Mutaxasisga ko‘ra, ishlab chiqarishda ishlatiladigan kontsentratning yetishmayotgani bois yuzaga kelgan tanqislik mahsulotlar narxining ko‘tarilishiga sabab bo‘lgan.
- Hozir sotilayotgan narx kolaning o‘zining narxi emas. Chunki hozir skladlarda yo‘qligi uchun. Endi kontsentrat kelayapti. Hozir quyilsa, keyinchalik normal niy bo‘lib ketadi,- dedi mutaxasis.
Suhbatdoshga ko‘ra, kompaniya yaqinda yangi turdagi sovuq choy - Fuse Tea ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan va ushbu mahsulotni reklama qilish maqsadida uni Coca-Colaga qo‘shib sotilayapti.
- Bu o‘zi yangi mahsulot. Shu bizning mahsulot ekanligini bildirish uchun kolaning yoniga qo‘shib berayapmiz. Keyinchalik odamlar uning Coca-Cola mahsuloti ekanini bilishlari uchun, dedi "Coca-Cola Icihmligi Uzbekiston, LTD" kompaniyasining o‘zini tanishtirmagan mutaxasisi.
Joriy yilning fevral va mart oylarida ham kontsentratlarning yetishmasligi sabab "Coca-Cola Icihmligi Uzbekiston, LTD" kompaniyasining Toshkent va Namangandagi ikkita zavodi ma‘lum muddatga to‘xtatilgan edi.
O‘zbekistonda “Coca-Cola” kompaniyasining paydo bo‘lishi prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova va uning sobiq eri Mansur Maqsudiy shaxsi bilan bog‘lanadi.
Gulnora Karimova 1991 yilda amerikalik o‘zbeklardan bo‘lgan Maqsudiylar oilasiga kelin bo‘lib tushgach, quda tomon 1994 yilning martida Toshkentning “Besh-yog‘och” dahasida “Coca-Cola” zavodini ishga tushirgan.
O‘sha paytda mazkur kompaniya Gulnora Karimovaning sobiq eri Mansur Maqsudiyga tegishli bo‘lgan.
2001 yilning avgustida Gulnora Karimova Mansur Maqsudiy bilan ajrashgach, "Coca-Cola" kompaniyasida taftish boshlanib, Maqsudiylarning bir qancha qarindoshi qamoqqa tashlangan.
Keyinchalik Gulnora Karimova "Coca-Cola" kompaniyasi ustidan to‘la shaxsiy nazoratini o‘rnatgani aytiladi.
O‘tgan yilning iyul oyida "Coca-Cola Icihmligi Uzbekiston, LTD" kompaniyasining ikki xodimi Shoxrux Sobirov va Alisher Ergashevlar Jenevada hibsga olingan edi.
Shveytsariya prokuraturasi bu ikki shaxs pul yuvishga doir jinoyat ishi doirasida qo‘lga olinganini Ozodlikka ma‘lum qilgan edi.
Bu ishlarga bevosita Gulnora Karimova ham aloqador bo‘lishi mumkinligi aytildi.
2012 yilning 16 oktyabr kuni Shveytsariya Bosh prokuraturasi Shoxrux Sobirov va Alisher Ergashevni garov evaziga qo‘yib yubordi. Biroq tergov ishi davom etishi haqida ma‘lum qildi.
Alisher Ergashev Shvetsiya bosh prokuraturasi tergov qilayotgan mamlakatning eng yirik telekom shirkati TeliaSonera O‘zbekistonda biznes qilish uchun Gulnora Karimovaga 320 million AQSh dollari miqdorida pora berganiga oid jinoiy ishda ham asosiy figurantlardan biridir.
Keyingi kunlarda Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lgan deyarli barcha biznes ob‘ektlari yopilib, taftish ishlari davom etmoqda.
Ayni paytda Coca-Cola kompaniyasining ham bu yuzadan taftishga tortilgan yoki tortilmagani matbuotga ma‘lum emas.
Amerikadagi eng yirik shirkatlaridan biri Coca-Cola 2014 yilda O‘zbekistonga 50 million AQSh dollari miqdorida sarmoya yotqizishni rejalamoqda.
Bu haqda joriy yil sentyabr oyida Vashingtonda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Amerika biznes forumida shirkatining mintaqaviy menejeri Oleg Piletskiy ma‘lum qildi.
Unga ko‘ra, bu sarmoya yangi turdagi sharbat va choy ichimliklari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadlariga sarflanadi.
Hozirda "Coca-Cola Icihmligi Uzbekistan, LTD" kompaniyasida olti xil turdagi (Coca-Cola, Coca-Cola Zero, Fanta, Sprite, BonAqua va Fuse Tea) salqin ichimliklarni har xil qadoqlarda ishlab chiqarilmoqda.

Yana kontsentrat yetishmayapti

“Coca-Cola” va prezidentning qizi: Tarix

“Coca-Cola” va prezidentning qizi: Bugungi kun
O‘tgan yilning iyul oyida "Coca-Cola Icihmligi Uzbekiston, LTD" kompaniyasining ikki xodimi Shoxrux Sobirov va Alisher Ergashevlar Jenevada hibsga olingan edi.
Shveytsariya prokuraturasi bu ikki shaxs pul yuvishga doir jinoyat ishi doirasida qo‘lga olinganini Ozodlikka ma‘lum qilgan edi.
Bu ishlarga bevosita Gulnora Karimova ham aloqador bo‘lishi mumkinligi aytildi.
2012 yilning 16 oktyabr kuni Shveytsariya Bosh prokuraturasi Shoxrux Sobirov va Alisher Ergashevni garov evaziga qo‘yib yubordi. Biroq tergov ishi davom etishi haqida ma‘lum qildi.
Alisher Ergashev Shvetsiya bosh prokuraturasi tergov qilayotgan mamlakatning eng yirik telekom shirkati TeliaSonera O‘zbekistonda biznes qilish uchun Gulnora Karimovaga 320 million AQSh dollari miqdorida pora berganiga oid jinoiy ishda ham asosiy figurantlardan biridir.
Keyingi kunlarda Gulnora Karimovaga qarashli bo‘lgan deyarli barcha biznes ob‘ektlari yopilib, taftish ishlari davom etmoqda.
Ayni paytda Coca-Cola kompaniyasining ham bu yuzadan taftishga tortilgan yoki tortilmagani matbuotga ma‘lum emas.
Coca-Cola O‘zbekistonga $ 50 million sarmoya yotqizmoqchi