Линклар

Шошилинч хабар
19 март 2025, Тошкент вақти: 11:14

O‘zbekistonda yana ikkita yangi telekanal ish boshladi


Kecha kechqurin O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi yana ikkita yangi telekanal - "Diyor" va "Oilaviy" telekanallarini ishga tushirdi.

Xabarga ko‘ra, “O‘zbekiston” telekanali qoshida ochilgan “Oilaviy” telekanalida asosan oilaviy qadriyatlar mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuvlar namoyish etiladi.

“Madaniyat va Ma‘rifat” telekanali qoshida tashkil etilgan “Diyor” telekanali esa respublikadagi barcha viloyatlar hayotiga oid ko‘rsatuvlarni efirga uzatish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 14 noyabrdan boshlab “Kinoteatr” va “Navo” nomli yangi telekanallarni sinov rejimida ishga tushirgan edi.

Oktyabrь oyida O‘zbekistonda qator telekanallar, jumladan, prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishliligi aytiladigan Forum TV, TV-Markaz, NTT va SOFTS telekanallari bir paytda yopildi.
XS
SM
MD
LG