Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:13

O‘zbek muhojirlari o‘tgan yilning 9 oyida Rossiyadan qariyb 5 milliard dollar pul jo‘natdi


Mehnat muhojirlariga nisbatan bosimlar kuchayayotganiga qaramasdan pul jo‘natmalari miqdori kamaygani yo‘q.
Mehnat muhojirlariga nisbatan bosimlar kuchayayotganiga qaramasdan pul jo‘natmalari miqdori kamaygani yo‘q.
O‘zbekistonlik mehnat muhojirlari o‘tgan yilning dastlabki to‘qqiz oyi davomida Rossiyadan 4,9 milliard AQSh dollari miqdorida pul jo‘natdi. Rossiya Markaziy banki bergan ma‘lumotlarga ko‘ra, pul jo‘natmalari bo‘yicha o‘zbekistonliklar yana birinchilikni saqlab qolgan.

Pul jo‘natmalari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni to‘qqiz oy ichida vataniga 3 milliard dollar jo‘natgan tojikistonlik mardikorlar egalladi. Ukraina va Qirg‘iziston uchinchi va to‘rtinchi natijani ko‘rastdi.

Rossiya Markaziy bankining ma‘lum qilishicha, mehnat muhojirlari uch chorak natijalariga ko‘ra, jami 15 milliard dollar pulni o‘z vatanlariga yuborishgan.

So‘nggi bir yil davomida ham Rossiyada, ham O‘zbekistonda mehnat muhojirlariga nisbatan bosimlar kuchayayotganiga qaramasdan pul jo‘natmalari miqdori kamaygani yo‘q.

Rasmiy ma‘lumotlarda Rossiyadagi o‘zbekistonlik muhojirlar soni 2 million deb beriladi. Norasmiy manbalar 5 milliondan 8 milliongacha o‘zbekistonlik mamlakat tashqarisida tirikchilik qilishini taxmin qiladi.
XS
SM
MD
LG