Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:20

Peterburgda noma‘lum shaxslar pul undirish maqsadida o‘zbekistonlik ayolni o‘g‘irladi


O‘tgan shanba Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida uch noma‘lum shaxs pul undirish maqsadida 31 yoshli o‘zbekistonlik ayolni o‘g‘irlab ketgan.

Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh tergov boshqarmasi matbuot xizmati ma‘lum qiladi.

Hodisadan keyin o‘g‘rilar ayol ozod etilishi uchun uning eridan 100 ming rubl (3 ming AQSh dollaridan ko‘proq) miqdorida pul talab qilganlar.

Yakshanbaga o‘tar kechasi ayolning eridan kelishilgan summani olgan o‘g‘rilar uni Yaroslav Gashek ko‘chasidagi 7-uy oldida qoldirib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lishgan.

Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochilganini bildirgan tergov boshqarmasi hozir jinoyatchilar shaxsini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilayotganini ma‘lum qilgan.
XS
SM
MD
LG