Линклар

Шошилинч хабар
15 март 2025, Тошкент вақти: 11:39

Londonda Freydning hokini o‘g‘irlamoqchi bo‘lganlar qidirilmoqda


Zigmund Freyd hoki solingan vaza.
Zigmund Freyd hoki solingan vaza.
Londonda politsiya shahar krematoriysidan psixioanaliz asoschisi Zigmund Freyd va uning xotini Martaning hoki solingan qutini olib chiqib ketishga harakat qilgan shaxslarni qidirmoqda.

Politsiya tarqatgan ma‘lumotda aytilishicha, noma‘lum shaxslar krematoriyga 31 dekabrь yoki 1 yanvarь kuni kirib kelgan va hok solingan ikki ming uch yuz yil avval ishlab chiqarilgan grek vazasini o‘g‘irlashga harakat qilgan.

Ammo o‘g‘rilar qandaydir sabablarga ko‘ra vazani olib chiqishga muvaffaq bo‘lmagan,biroq unga jiddiy ziyon yetkazgan.

Mazkur hodisadan so‘ng krematoriy binosini qo‘rqilashni kuchaytirishga qaror qilingan.
XS
SM
MD
LG