Jizzax viloyatida namunaviy uy-joy qurilishi va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirish maqsadida o‘qituvchilarga o‘lpon solinmoqda. Ozodlikka yo‘llangan maktubda keltirilgan bu iddaoni Jizzaxdagi maktablardan birining mas‘ul xodimlari tasdiqlashdi.
Mahalliy faollarning aytishlaricha, o‘lponga tortilgan maktab, bog‘cha va tibbiy muassasalar rahbariyati bu majburiyatni o‘qituvchi va shifokorlar maoshlari hisobidan qoplashga majbur bo‘lmoqda. Hafta boshida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligi ham Jizzaxda davlat mablag‘larini maqsadsiz ishlatilayotganiga oid xulosalarni e‘lon qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Moliya vazirligi bergan xulosalar asosida O‘zbekistoni milliy axborot agentligi e‘lon qilgan maqola “Byudjet mablag‘lari – qat‘iy nazorat ostida” deya nomlandi.
Maqolada, xususan, “Jizzax viloyatida Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi davlat dasturini bajarishda ham qator huquqbuzarlik va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi”, deyiladi.
Lekin maqolga asos bo‘lgan hisobotda jizzaxlik o‘qituvchi va shifokorlar viloyatdagi namunaviy uylarni qurish va obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga majburlayotgani haqida aytilmagan.
Bu haqdagi iddaoni Ozodlikning ijtimoiy tarmoqlardagi mushtariylari yuborgan maktubda ko‘rish mumkin. “Jizzax shahrida yashayman. Shahrimizda ko‘p joylarni buzib tashlab, yangi stadion va uylar qurilyapti. Lekin qurilish ishlari uchun maktab o‘qituvchi va o‘quvchilaridan, shifoxona xodimlaridan pul talab qilinyapti. Ukam 3-sinfda o‘qiydi, hatto ularga ham besh ming so‘mdan olib kelish buyurildi. Bu holatni hamma joyda kuzatish mumkin. Davlatning bunga haqqi bormi?” deb yozadi Ozodlik mushtariysi.
Qisqa maktubdagi bu iddao haqiqat ekanini Jizzax shahridagi maktablardan birining direktori va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor muovini Ozodlik bilan suhbatda tasdiqladi.
Xavfsizlik nuqtai nazaridan suhbatdoshlarimiz shaxslari va ovozlarini oshkor qilmaymiz.
O‘quv ishlari bo‘yicha direktor muoviniga ko‘ra, Jizzax viloyat hokimligining obodonlashtirish va namunaviy uy-joy qurish masalalariga bag‘ishlangan majlisiga maktab direktorlari ham chaqirtirilgan. “O‘tgan yili o‘tkazilgan majlisda bizning maktabga 10 million so‘m topib berish vazifasi topshirildi. Keyinchalik bu summa 12 million 600 ming so‘mga oshirildi. Bu pulni to‘plab, qurilish tashkilotlaridan biriga o‘tkazib berishimiz tayinlangan. Hozircha 12 million 600 ming so‘mning hammasini to‘play olganimiz yo‘q”, dedi bu suhbatdoshimiz.
Ozodlikning maktab zimmasiga yuklangan mablag‘ o‘qituvchi va o‘quchilar hisobidan to‘planayotgani rostmi, degan savoliga direktor muovini, “Boshqa maktablarda shunday qilinyapti, bizning maktabda bunga qo‘l urganimiz yo‘q. Qo‘shni maktabda yaqin qarindoshim ishlaydi, ulardan oyligining yarmini ushlab qolishibdi. Lekin, biz homiylarni qidirishga harakat qilyapmiz. Chunki o‘qituvchilarimizning noroziligi oshib boryapti. Biz axir maktab bo‘lsak, nima uchun biz davlat qurib, keyin sotadigan uylar xarajatini to‘lashimiz kerak?” deya haqli savolni o‘rtaga tashladi suhbatdoshimiz.
Ayni maktabning direktori ham viloyat va shahar hokimligi maktablardan davlat dasturini bajarishda moliyaviy ko‘mak so‘raganini tasdiqladi. “Lekin bizni majburlashgani yo‘q, biz o‘zimiz obodonlashtirish va namunaviy uy-joy qurish davlat dasturining ahamiyatini tushungan holda, yordam beryapmiz. Biz o‘qituvchilardan pul olmayapmiz, homiylarni qidiryapmiz. Keyin qurilgan yangi uylarga xaridor topib berish majburiyatini oldik”, deya ta‘kidladi maktab direktori.
Uning aytishicha, maktab rahbariyati xodimlari namunaviy uy-joy uchun potentsial xaridorlarni aniqlab, ular orasida tushuntirish ishlarini olib borish bilan ham shug‘ullanmoqda.
“Hozir bir-ikkitasini deyarli ko‘ndirdik. Masalan, yangi qurilgan uyning narxi 160 million so‘m bo‘lsa, o‘shaning 40 millionini birinchi to‘lov sifatida to‘lay oladigan odam topishimiz kerak. Qolgan 120 million so‘mini kredit siftaida olib, sekin-asta to‘lab boradi. Shunaqa uy olvchini topishimiz kerak”, deydi suhbatdoshimiz. Lekin maktab direktori o‘rinbosaridan farqli o‘laroq, “nega biz bu ish bilan shug‘ullanishimiz kerak?” degan savolni o‘rtaga tashlamadi.
Jizzaxlik huquq faoli O‘ktam Pardayev ham na‘munaviy uy-joy qurilishiga doir davlat dasturini viloyat ta‘lim va sog‘liqni saqlash muassasalari moliyalashtirishga majburlanayotgani hech kim uchun sir bo‘lmay qolganini aytadi.
- Namunali uylar uchun, o‘sha davlat tomonidan qurilaëtgan kottejlar uchun maktablarga, bolnitsalarga, bog‘chalarga pul, oylikdan pul olib qolishlar kuzatilayapti. Masalan bitta maktabning direktori, yig‘ilishda hokim bitta katta maktab direktoriga 10 million so‘m topasan, deb bo‘yniga qo‘yadi. Keyin direktor nima qiladi? O‘qituvchilarning oyligidan ushlab qolishga majbur. Masalan maktabda o‘qituvchilar, boshlang‘ich sinflar 550-600 minggacha oylik oladigan bo‘lsa, shuning yarmini olib qoladi.
Namunaviy uy-joylarni qurish davlat dasturi dastidan o‘qituvchilar o‘quvchilar ota-onalaridan yordam so‘rashga majbur bo‘lishayotgani ham rost, deya davom etadi huquq faoli.
- O‘qituvchilar hatto yig‘ilishlar qilgan ota-onalarni chaqirish uchun. “Bizning oyligimizdan shuncha pul olib qolayapti. Bolalar uchun kuchlaringiz yetguncha bizga puldan ërdam qilsalaringiz. Agar iloji bo‘lsa, pul o‘tkazish yo‘llari bilan ham bersalaringiz” deb hatto o‘qituvchilarning o‘zi iltimos qilayapti ota-onalarga, dediy jizzaxlik faol O‘ktam Pardayev.
Jizzax viloyati hokimligining arxitektura va kurilish bosh boshqarmasi mulozimi Ozodlikning namunaviy uylarni qurish uchun o‘qituvchilardan pul talab qilinayotganiga oid vaziyatni izohlashdan bosh tortdi.
Lekin Hisob palatasi va Moliya vazirligi Jizzax viloyatida davlat mablag‘lari maqsadsiz sarflanayotgani to‘g‘risidagi hisobotini muhokama qilgani O‘zbekiston hukumati vakillarining chorshanba kuni viloyatga kelishi kutilatyoganini bildirdi.