Qozog‘istonning Qostanay viloyat sudi appelyatsiya kollegiyasi politsiya tomonidan qiynoqqa solingan Aleksandr Gerasimovga ma‘naviy zarar uchun tovon to‘lash haqidagi shahar sudi qarorini o‘zgarishsiz qoldirdi. Qostanaylik Aleksandr Gerasimovning politsiya tomonidan asossiz qiynoqqa solingani aytiladi.
Qostanaylik Aleksandr Gerasimov 2007 yilda asrandi o‘g‘lini izlab politsiyaga murojaat qilgan . Uning o‘g‘li bir jinoyatga aloqadorlikda ayblanib qisqa muddatga ushlangan. O‘sha paytda Gerasimov uning o‘zi ham hibsga olinishi va qiynoqqa solinishi xayoliga keltirmagan .
Bir necha kundan so‘ng Gerasimov va uning o‘g‘liga hech qanday ayblov e‘lon qilmasdan uyiga javob berishdi. Biroq Gerasimov bosh chanog‘i va buyragi qattiq lat yegani uchun kasalxonaga tushdi.
O‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qiynoqlar uchun politsiyani javobgarlikka tortish maqsadida Aleksandr Gerasimov Birlashgan Millatlar tashkilotining aralashuvi bilan mahalliy sudlardan yillar davomida adolat izladi.
Va nihoyat, joriy yilning 23 yanvar kuni Qostanay viloyati sudining appelyatsiya kollegiyasi Aleksandr Gerasimovga ma‘naviy zarar uchun tovon to‘lash haqidagi shahar sudi qarorini o‘zgarishsiz qoldirgani haqida qaror chiqardi.
2013 yilning noyabr oyida Qostanay shahar sudi Aleksandr Gerasimovga ma‘naviy zarar yetkazgani uchun Viloyat ichki ishlar departamentiga ikki million tanga (13 ming AQSh dollari) miqdorida tovon to‘lash majburiyatini yukladi.
Aleksandr Gerasimovning Ozodlik muxbiriga sud qaroridan xursand bo‘lganini aytadi:
- Albatta, sudning bu qaroridan boshim osmonga yetdi. Sud qarorni o‘qiyotganda, menga oxirigacha kurashish haqida maslahat bergan otamni esladim. Men kasalxonada osma ukol olib yotganimda, otam palataga kirib birinchi bor meni bu ahvolda yotganimni ko‘rgan va hech narsa demasdan chiqib ketgandi. Otam darhol politsiyaga ariza yozgan va menga bu ishni oxiriga yetkazishni buyurgan. Men otamning aytganini bajarganimdan xursandman, deydi Aleksandr Gerasimov.
2012 yilning may oyida BMT Qiynoqlarga qarshi qo‘mitasi Aleksandr Gerasimov arizasi bo‘yicha tekshirish olib borish va u chekkan azoblar uchun tovon to‘lash majburiyatini Qozog‘iston hukumati zimmasiga yuklagan edi.
O‘zbekistonlik inson huquqi himoyachilari va xalqaro huquq tashkilotlari ham militsiya va Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jinoyat sodir qilinganlikda gumonlanib hibsga olingan odamlar qiynoqqa solinishini aytib keladilar.
O‘zbekistondagi qiynoqlarni monitoring qilib keladigan Mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromov shu paytgacha sudlarda qiynoqlar qo‘llanilganini da‘vo qiladigan ish ko‘rilganiga guvoh bo‘lmaganini aytadi:
- O‘zbekistonda qiynoqlar bo‘lgan, bor va kuchayib ketyapti. Lekin hech kim sudga murojaat qilmaydi. Bizning odamlardagi bu holatni men qo‘rqoqlik deb aytgan bo‘lar edim. Biz ham shunday faktlarga ko‘p duch kelganmiz. Militsiyadan o‘lguday kaltak yeb chiqqan, a‘zoi badani momotaloq bo‘lganlarga “yur medekspertizaga boraylik, sudga beramiz” desak, “qo‘ying aka, tirik qolganimga shukr”, deyishadi. Toki odam o‘z huquqi uchun o‘zi kurashmas ekan, shunday bo‘lib qolaveradi, deydi Sur‘at Ikromov.