AQShdagi ABC News telekanali o‘zbekistonlik kriminal avtoritet G‘afur Rahimov 2014 yilgi qishki olimpiada o‘yinlari uchun Rossiyaning Sochi shahri tanlanishida qo‘li borligini tan olganini xabar qildi. Telekanalning Dubaydagi muxbiriga intervьyu bergan Rahimov bu ishga pora aralashganini rad etgan.
ABC News telekanali 7 fevralda boshlanajak 2014 yilgi Qishki olimpiada o‘yinlari uchun Rossiyaning Sochi shahri tanlanishida o‘zbekistonlik kriminal avtoritet G‘afur Rahimovning qo‘li borligi haqida xabar qildi.
Telekanalning Dubaydagi muxbiri bilan tarjimon orqali suhbatlashgan o‘zbekistonlik tadbirkor, ayni damda qidiruvda bo‘lgan G‘afur Rahimov buni shaxsan tan olgani aytildi.
Kuni kecha namoyish qilingan "World News With Diane Sawyer" ko‘rsatuvida Sochi olimpiadasi tayyorgarligi ortidagi korruptsiyaga oid iddaolar yuzasidan surishtiruv o‘tkazgan ABC News muxbiri G‘afur Rahimovning tarjimoni so‘zlaridan shunday iqtibos keltirdi:
" U (G‘afur Rahimov - Tahr.) bu odamlar bilan juda yaqin aloqaga ega bo‘lgani uchun ularni bunga ko‘ndirgan. U juda kuchli ta‘sirga ega", deydi G‘afur Rahimovning tarjimoni ABC News telekanalining Dubaydagi muxbiri bilan telefon orqali qurilgan suhbatda.
AQSh va O‘zbekiston xavfsizlik xizmatlari qidiruviga asoslanib, G‘afur Rahimovni "rossiyalik sirli ishbilarmon", "uyushgan jinoiy guruh rahbari va narkobaron", deb ta‘riflagan AQSh axborot vositasi uning poraga oid ayblovlarni inkor qilganini ham keltirdi.
"Rahimov o‘z tarjimoni orqali pora berganiga oid iddaolarni rad etdi. "Bunga zarurat yo‘q edi", dedi uning tarjimoni", deyildi ABC News telekanali namoyish qilgan hujjatli filьmda.
Sochi shahrida bo‘lib, olimpiadaga tayyorgarlik jarayoni va bunga mas‘ul mutasaddilar, shuningdek, olimpiada shaharchasi qurilishi tanqidchilari bilan bir-bir uchrashgan amerikalik jurnalistning iddaosicha, G‘afur Rahimov qo‘llovisiz Sochi shahrining qishki olimpiada uchun tanlanishi juda mushkul bo‘lar edi.
ABC News telekanali muxbiri Sochida bo‘lajak olimpiadaga hozirlik ortidagi kriminalga oid bu kabi iddaolar yuzasidan Rossiya prezidenti Vladimir Putin matbuot xizmatiga murojaat qilgani va u yerdan biror izoh ololmaganini ham qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Bunga qadar Rossiyada chop etiladigan “Novaya gazeta” nashri ham ayni mazmundagi iddaolarni ilgari surgan edi.
Gazeta ixtiyoridagi ma‘lumotlarga asoslanib, 2007 yilda Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi a‘zolarining Sochi shahrini yoqlab ovoz berishida o‘sha paytda Osiyo Olimpiya kengashining vitse-prezidenti bo‘lgan G‘afur Rahimov muhim rol o‘ynagani haqida yozdi.
Nashr O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari qidiruvga bergan G‘afur Rahimovning Sochi Olimpiadasida hurmatli mehmon sifatida qatnashishi va buning janjalga sabab bo‘lishi ehtimolidan so‘z ochdi.
2013 yil fevralida Toshkent shahar IBB Rahimov G‘afur-Arslonbek Ahmedovichni O‘R JKning 165, 243 va 228-moddalari (Tovlamachilik, Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish hamda Davlat proba tamg‘alarini tayyorlash va ulardan foydalanish qoidalarini buzish) asosida ayblab, qidiruvga bergan.
Undan bir yil oldin AQSh Moliya vazirligi narkotrafik bilan shug‘ullangani aytiladigan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) uyushgan xalqaro guruhi yetakchilari ro‘yxatiga G‘afur Rahimovni ham kiritgan edi.
AQSh Moliya vazirligi e‘lon qilgan hujjatda:
"Postsovet fuqarolaridan tashkil topgan “Birodarlik xalqasi” (Bratva) dagi belgilovchi shaxs bo‘lgan G‘afur Rahimov o‘zbek uyushgan jinoyat olami yetakchilaridan biridir. U Markaziy Osiyoda narkotik moddalar ishlab chiqarish bo‘yicha ixtisoslashgan. Rahimov dunyoning yirik narkosindikatlarida geroin kontrabandasi bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashib kelmoqda", deyildi.
80-yillardan boshlab O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi kriminal to‘dalar ichida nufuzini kuchaytirib kelgani aytiladigan G‘afur Rahimov Toshkent hukumati tomonidan mamlakat sporti, xususan, boksni rivojlantirishga katta hissa qo‘shib kelayotgan yirik tadbirkor sifatida e‘tirof etilgan va o‘z vaqtida shaxsan prezident Karimov tomonidan olqish va mukofotlarga sazovor ko‘rilgan.
Bundan 12 yil muqaddam Sidneydagi Olimpiada o‘yinlarida Osiyo olimpiya qo‘mitasi rasmiysi sifatida qatnashmoqchi bo‘lgan G‘afur Rahimov Avstraliya xavfsizlik idoralari tomonidan “xalqaro narkobaron” degan shubha ostida mamlakatga kiritilmagan va bu shov-shuvga sabab bo‘lgan edi.
Norasmiy manbalarga ko‘ra, 2008-2009 yillar oralig‘ida mamlakatdagi biznes mavqeini saqlab qolish uchun prezidentning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova bilan raqobatga kirishganidan so‘ng G‘afur Rahimov hukumat, xususan, Islom Karimov marhamatidan mosuvo bo‘lgan va 2010 yilga kelib O‘zbekistondan chiqib ketishga majbur bo‘lgan.
2012 yil iyunida O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rahimovning vitse-prezidentlik vakolatlarini to‘xtatgani va Boks milliy uyushmasi rahbari lavozimidan ham chetlatganini rasman ma‘lum qilgan.
Shundan buyon uning Birlashgan Arab Amirliklarida yashab kelayotgani aytilmoqda.
“Novaya gazeta” nashriga ko‘ra, shu kunlarda Rahimov Sochi Olimpiadasiga oila a‘zolari bilan borishni va xususiy uyda turishni rejalagan.