Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 16:36

Futbol: "Lokomotiv" Toshkent "Al Kuvayt"ga 1:3 hisobida boy berdi


9 fevral kuni Toshkentning “Paxtakor” markaziy stadionida Osiyo Chempionlar ligasi doirasida "Lokomotiv" va "Al Kuvayt" klublari o‘rtasida bo‘lgan pley off uchrashuvi 1:3 hisobida mehmonlar g‘alabasi bilan tugadi.

O‘yinning birinchi bo‘limida "Al Kuvayt" jamoasi "Lokomotiv" darvozasiga ikkita javobsiz to‘p kiritdi. Ikkinchi bo‘limning 66-daqiqasida Ivan Nagayev raqiblar darvozasini aniq nishonga oldi. 86-daqiqada mehmonlar "Lokomotiv" darvozasiga uchinchi golni kiritdi.

Shunday qilib, mehmonda g'alabaga erishgan "Al Kuvayt" keyingi bosqich masalasini o'z foydasiga hal qildi.

Ikki jamoa o‘rtasidagi o‘yin aslida 8 fevral kuniga belgilangan edi. O‘zbekistonda hukm surayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli o‘yin yakshanba kuni o‘tkazildi.

8 fevral kuni O'zbekinstonning yana bir jamoasi - "Nasaf" ham Osiyo Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunladi. Qarshiliklar Qatarda "Al-Jaish" klubiga yirik 5:1 hisobida mag'libyatga uchradi.
XS
SM
MD
LG