Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:10

"Paxtakor" futbolchisi Xorvatiya chempionatida to‘p suradi


O‘zbekistonning “Paxtakor” futbol klubi hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov Xorvatiyaning “Xayduk Split” jamoasiga o‘tdi.

Bu haqda xorvatiyalik klub rasmiy veb-sayti orqali xabar qildi. Manbada futbolchi va jamao o‘rtasida tuzilgan shartnoma tafsilotlari ochiqlanmagan.

Rasmiy xabarda aytilishicha, Abduholiqov “Hayduk Split” jamoasining Turkiyada o‘tgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini paytida o‘zini yaxshi ko‘rsata olgan.

Jamoaning “Dinamo” (Tbilisi) klubiga qarshi o‘tgazgan nazorat o‘yinida o‘zbekistonlik futbolchi bitta golga assistentlik qilgani aytilmoqda.

23 yoshli Temurxo‘ja Abduholiqov viza masalasini hal qilganidan so‘ng yangi jamoasi safiga kelib qo‘shiladi, deyiladi “Hayduk Split” klubi rasmiy saytida.

“Hayduk Split” futbol klubi 1911 yilda tashkil topgan bo‘lib, Xorvatiyaning eng ilg‘or futbol jamoalaridan biri hisoblanadi. Klub olti karra Xorvatiya chempioni va 5 karra mamlakat kubogi va superkubogi sohibi bo‘lgan. 2012/2013 yilgi mamlakat chempionatini klub 4-o‘rinda yakunlagan.
XS
SM
MD
LG