Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:51

Chempionlar ligasi: "Barselona" safarda "Manchester Siti"ni mag'lub etdi


Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi Chempionlar ligasi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvida safarda "Manchester Siti" klubi ustidan 0:2 hisobida g'alaba qozondi.

Seshanba kuni "Etihad Stadium"da o'tgan uchrashuvdagi go'llarga Lionel Messi (penalti, 54) va Dani Alves (90) mualliflik qildi. Qayd etish joiz, mezbonlar 54-daqiqadan boshlab maydonda bir o'yinchisiz harakat qilishdi.

Ikki klub o'rtasidagi Chempionlar ligasi nimchorak finali doirasidagi javob uchrashuvi 12 mart kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi.



18 fevral kuni o'tgan nimchorak finalining boshqa uchrashuvida Germaniyaning "Byaer" (Leverkuzen) jamoasi o'z uyida Fransiyaning "PSJ" jamoasiga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Javob uchrashuvi 12 marta kuni Parijda bo'lib o'tadi.
XS
SM
MD
LG