Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:59

Facebook WhatsApp'ni 16 milliard dollarga sotib olmoqda


Facebook ijtimoiy tarmog'i o'zbekistonlik foydalanuvchilar orasida mashhur bo'lgan WhatsApp messenjerini 16 milliard dollarga sotib olmoqda.
Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqning o'z tarixidagi eng yirik xaridi haqida qator xalqaro axborot agentliklari xabar berdi.
Xabarlarga ko'ra, kelishuvdagi 12 milliard dollar Facebook qimmatbaho qog'ozlari bilan, qolgan to'rt millard dollar esa naqd pul bilan to'lanadi.
Bundan tashqari, WhatsApp egalari va xodimlariga to'rt yil davomida yana uch millard dollarlik Facebook aksiyalarini xarid qilish imkoniyati ham beriladi.
2009 yilda ishga tushirilgan WhatsApp messenjeri Internetda eng tez rivojlanayotgan xizmatlardandir. Ayni damda ushbu messenjer 400 milliondan ko'proq foydalanuvchiga ega.
Xizmat statistikasiga ko'ra, 2013 yilning noyabr oyida WhatsApp foydalanuvchilari kuniga 10 milliard xabar, 400 million surat jo'natishgan.
2013 yilning noyabr oyidan beri O'zbekistonda WhatsApp dasturi tarmog'ida nosozliklar kuzatiladi.
O'zbekistondagi Beeline va Ucell mobil operatorlari WhatsApp dasturidagi muammolarda ularning aybi yo'qligini aytadi.
Ayni damda WhatsApp ishidagi nosozliklar faqat O'zbekiston ichida kuzatilyapti, boshqa davlatlardagi foydalanuvchilar esa dasturda muammolar sezmayapti.
XS
SM
MD
LG