Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:27

Sochida Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Kecha oqshom Sochidagi “Fisht” stadionida 2014 yilgi qishki Olimpiada o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax o‘yinlarni yopiq, deb e‘lon qildi.

Olimpiada o‘yinlari 7 fevral kuni start olgandi.

Bu o‘yinlarda milliy olimpiya jamoalari o‘rtasida Rossiya 13 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza medal bilan birinchi o‘rinni egalladi.

11 ta oltin, 5 ta kumush va 10 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan Norvegiya jamoasiga ikkinchi o‘rin nasib etdi.

Kanadaning olimpiya jamoasi esa 10 ta oltin, 10 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan uchinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatamiz, Sochi Olimpiadasida O‘zbekistondan uch nafar sportchi qatnashdi. Ular chang‘ichi Kseniya Grigoryeva (gigant slalomda 64-o‘rin, slalomda finishgacha yetib kelmadi), chang‘ichi Artem Voronov (gigant slalomda 67-o‘rin, slalomda 39) va figurist Misha Ge (17-o‘rin).

Navbatdagi qishki Olimpiada 2018 yili Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida bo‘lib o‘tadi.

XS
SM
MD
LG