Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 4 mart kuni Ukraina bo‘hroniga bag‘ishlangan matbuot konferentsiyasini o‘tkazdi. Putin Ukrainaga hozircha rus qo‘shinlarini kiritish va Qrimni qo‘shib olish niyatlari yo‘qligini bildirdi. Lekin so‘nggi chora sifatida harbiy kontingentni Ukraina hududiga kiritish huquqi saqlanib qoladi, dedi Kreml rahbari.
Vladimir Putin seshanba kuni qilgan chiqishida Ukrainada harbiy amaliyotlar o‘tkazishga hozircha ehtiyoj yo‘q, deya ta‘kidladi.
- Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududida ishlatish masalasiga kelsak, ayni damda bunday ehtiyoj yo‘q. Lekin shunga qaramay, bunday imkoniyat saqlanib qoladi, dedi Putin.
Qrimdagi amaliyotlarda Rossiya qo‘shinlari ishtirok etmoqdami, degan savolga Putin “Yo‘q, ishtirok etmayapti" deb javob berdi va mintaqada faqat “o‘z-o‘zini mudofaa qilish mahalliy kuchlari” Ukraina harbiy bazalarini qurshovga olgan, deya qo‘shimcha qildi.
Putinning bayonoti Rossiyaning BMTdagi elchisi Vitaliy Churkin dushanba kuni Ukrainaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Viktor Yanukovich o‘z mamlakatida qayta qonun ustuvorligi va tartib o‘rnatishni so‘rab Moskvaga rasman murojaat qilganini aytganidan bir kun keyin yangradi.
- Bu konstitutsiyaga zid bo‘lgan davlat to‘ntarishi va hokimiyatning qurolli bosib olinishidir, dedi Vladimir Putin.
Ukrainadagi voqealar haqida ilk bor jamoat oldida chiqish qilgan Putin saylov o‘tkazilguniga Viktor Yanukovich Ukrainaning yagona legitim prezidenti bo‘lib qoladi, deya ta‘kidldi.
Ukraina yangi hukumati legitimligini savol ostiga olgan Putin, shu bilan birga Moskva hukumati Kiyev muvaqqat hukumati bilan doimiy kontaktda ekanini ta‘kidladi.
- Men uch kun avval (Ukraina) hukumatining mamlakat iqtisodini tiklash urinishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, ular bilan kontaktlarni tiklash to‘g‘risida topshiriq berdim. Hukumat yetakchisi (Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev) Yatsenyuk (Ukraina bosh vaziri) bilan aloqada. Narishkin (Rossiya parlamenti raisi) Turchinov (Ukraina muvaqqat prezidenti va parlamenti raisi) bilan aloqada, dedi Putin.
Putin hokimiyatdan ag‘darilgan Viktor Yanukovichning siyosiy kelajagi yo‘qligi va hayotini saqlab qolish uchun Rossiya unga boshpana berganini qo‘shimcha qildi.
Putin o‘zgarishlar bo‘lishini xohlayotgan ukrainaliklarni tushunishini, ammo “noqonuniy hatti-harakat”lar rag‘batlantirilmasligi lozimligini ta‘kidladi.
Ukrainaning yangi rahbariyati muddatidan avval prezidentlik saylovini 25 may kuniga belgilagan. Putin prezidentlik saylovi o‘tkazilmaguncha Ukraina bilan normal munosabatlarni qayta tiklash imkonsizdir, dedi.
Seshanba kuni ertalab Rossiya rahbari Ukraina chegaralari yaqinida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda ishtirok etgan 150 minglik qo‘shinga bazalariga qaytishni buyurdi.
Putin bu mashq avvaldan belgilangani va Ukrainadagi bo‘hronga aloqasi yo‘qligini aytdi.
Rossiya Qrimni o‘z hududiga qo‘shib olmoqchi emas
Qrimni Rossiya hududiga qo‘shib olish niyati yo‘qligini ta‘kidlagan prezident Putin Qrim kelajagini qrimliklar belgilashi lozimligi, Moskva bunga aralashmasligini bildirdi.
Rossiyaning Qrimdagi xatti-harakatini “qonuniy” deb aytgan Putin mamlakat harbiy kuchlarining harakatini “gumanitar missiya” deya izohladi.
Ayni paytda, Putin Rossiya o‘z fuqarolariga qarshi hujumlar uyushtirilishiga befarq qarab tura olmasligini qo‘shimcha qildi.
Putinning ushbu bayonotlari AQSh Davlat Kotibi Jon Kerri Kiyevga tashrifini boshlagan paytga to‘g‘ri keldi.
Seshanba kuni ertalab Germaniya Tashqi ishlar vaziri Frank-Vlьter Shtaynmayyer Jenevada rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan uchrashdi.
Muzokaradan so‘ng Shtanmayyer Ukraina buhroniga yechim “yaqin orada topilishi ehtimoldan yiroq”, deya fikr bildirdi.