Rossiyada sotilayotgan GM Uzbekistan avtomobillari narxi 7 ming rubldan 20 ming rublgacha oshdi. Ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yildan buyon Rossiya bozorlarida sotilayotgan Daewoo Gentra avtomobillari bahosi 15 mingdan 20 ming rublgacha, Nexia va Matiz narxi esa 7 rublgacha ko‘tarilgan.
- Neksiyalar 7 mingga, Gentralar 20 mingga qimmatladi, lekin bu ham komplektatsiyasiga qaraydi. Matizlar ham o‘rtacha 7 ming rublga qimmatladi, - dedi o‘zbek avtolarini sotish bilan shug‘ullanadigan Moskvadagi “DeoSiti” MChJ vakilasi Nina.
Arxangelsk shahrida GM Uzbekistan avtomobillari savdosi bilan shug‘ullanadigan “Avtoritet” MChJ vakili Leonidga ko‘ra, avval 399 ming rubldan sotilgan Daewoo Gentra endilikda 414 ming rubldan sotilmoqda.
- [Daewoo Gentra ning] eng qimmat komplektatsiyasi 542 mingdan sotilayapti. Neksiya esa 289 mingdan 392 ming rublgacha sotilayapti, - degan Leonid avval eng arzon komplektatsiyadagi Neksiya 282 ming rubldan sotilganini qo‘shimcha qildi.
Leonidning aytishicha, shu kunda Arxangelskda Matiz avtomobili 254 mingdan 349 ming rublgacha sotilmoqda. Avvalroq eng arzon komplektatsiyadagi Matiz, Leonidga ko‘ra, 247 ming rubldan sotilgan.
Suhbatdoshimiz O‘zbekistonda chiqarilgan Jentra, Neksiya va Matiz kabi avtomobillar narxining oshirilish sabablari o‘zi uchun noma‘lumligini aytdi.
Uz-Daewooning Voronejdagi vakolatxonasi xodimasi Svetlana o‘zbek avtomobillarining narxini ishlab chiqaruvchi zavod ko‘targanini ma‘lum qildi.
- 5 martdan boshlab ishlab chiqaruvchi zavod avtomobillar narxini oshirdi. Bizda avtomobillar narxlari har yili oshiriladi, - dedi Svetlana.
“Narxlarning oshishi Rossiya rublining AQSh dollariga nisbatan qurbi pasayishi bilan bog‘liq emasmi?” degan savolimizga shirkat vakilasi Svetlana: “Bizda bunga oid ma‘lumot yo‘q, buning sabablari haqida shirkat rahbariyati bizga ma‘lumot bermaydi”, deya javob berdi.
Avvalroq Rossiyada GM Uzbekistan AQSh-O‘zbekiston qo‘shma korxonasi tomonidan chiqarilgan avtomobillar savdosi o‘tgan yilga nisbatan 35 foizga tushib ketgani haqida xabar qilgandik.
Ammo, Moskvadagi “DeoSiti” MChJ vakilasi Ninaning aytishicha, so‘nggi paytlarda Rossiyada nafaqat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarning, balki boshqa mamlakatlarda ishlangan avtomobillarning ham savdosi susaygan.
- Savdosi uncha susaymaganlari faqat premium klassdagi avtomobillar va Xitoyda ishlab chiqarilgan avtomobillar bo‘ldi. Masalan, BMV, Mersedes, Audi, Yaguar, Land Rover kabi avtomobillar savdosi uncha susaymadi, - deydi Nina.
Rossiya avtosalonlarida o‘zbek avtolari narxi ko‘tarilgan bir paytda Bojxona Ittifoqiga a‘zo boshqa bir mamlakat – Belorussiyada hozircha bu narxlar avvalgidek qolayotgani kuzatilmoqda.
Ammo, o‘zini “Uz-Deu” avtosaloni xodimi deb tanishtirgan minsklik Kirillning aytishicha, narxlarning oshmay turgani vaqtincha holatdir.
- Hozircha bizda narx oshgani yo‘q. Bu 1 martgacha Belorus Respublikasiga olib kirilgan avtomobillarga daxldor gap. 1 martdan keyin olib kiriladigan avtomobillar qimmatlaydi. Hozir narx qancha oshishi haqida aniq bir gap aytolmayman, lekin avtomobillar narxi o‘rtacha 500-600 dollarga ko‘tarilishi kutilayapti, - dedi Kirill.
Ashxoboddagi “Turkmen-UzAVTO” qo‘shma korxonasi vakili Muratning aytishicha esa, Turkmanistonda o‘zbek avtomobillari narxi avval qanday bo‘lsa, shundayligicha qolmoqda.