Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 23:37

Toshkentda oziq-ovqat so‘nggi bir oyda 15-20 foizga qimmatladi


O‘zbekiston poytaxti bozorlarida sotilayotgan ba‘zi muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxi so‘nggi bir oyda 15-20 foizga qimmatladi. Aholiga ko‘rsatiladigan ba‘zi xizmatlar narxi esa, 50 foizgacha oshdi.

Ozodlik hamkorlaridan biri Toshkentning “Farhod” bozoridagi ba‘zi muhim oziq-ovqat mahsulotlarining so‘nggi bir oydagi dinamikasini o‘rgandi.

Hamkorimiz taqdim etgan qiyosiy tablitsadan mol va qo‘y go‘shti so‘nggi bir oy ichida 12,5 % gacha, pista yog‘i 10% ga, saryog‘ qariyb 11% ga, kartoshka ham shunchaga qimmatlaganini kuzatish mumkin. (Quyidagi tablitsaga qarang)


Ayni paytda gurunch va non narxida o‘zgarish yo‘q.

Biroq ba‘zi xizmatlar narxi, masalan, avtoto‘xtov joyi xizmati narxi 25% ga oshgan.

Toshkentlik savdogar Mirkomil Toshkandiyning aytishicha import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlari narxlari ham fevralning uchinchi o‘n kunligi boshidan buyon oshib ketdi.

- 15 - 20 foizga oshdi. Masalan, kofe, Rossiya va Ukrainadan keladigan shokolad, saryog‘ narxlari oshib ketdi, dedi Mirkomil Toshkandiy.

Mahsulot nomi

Bir oy avvalgi narx

11 martdagi narx

Mol go‘shti 1kg. 20.000 so‘m 21.500 - 22.500 so‘m
Qo‘y go‘shti 1 kg. 22.000 so‘m 23.500 - 24.500 so‘m
Pista yog‘i 1 l. 5.000 so‘m 5.500 so‘m
Saryg‘ 1 kg. 19.000 so‘m 20.000 so‘m
Un 1 kg. 1.900 so‘m 2.000 so‘m
Guruch 1 kg. 2.500-3.300 so‘m 2.500-3.300 so‘m
Sabzi 1 kg. 800-900 so‘m 800-1.000 so‘m
Kartoshka 1 kg. 1.600-1.800 so‘m 1.600-2.000 so‘m
Tandir non 500-800 so‘m 500-800 so‘m
Avtoto‘xtov joyi
xizmati
1.800-2.000 so‘m 2.000-2.500 so‘m
(Yuqoridagi ma‘lumotlar Toshkentdagi hamkorimizdan olindi)


O‘zbekiston bozorlarida oziq-ovqat va xizmatlar narxlari oshgani to‘g‘risida O‘zmetronom sayti ham xabar qildi. Mazkur nashrga ko‘ra, bir oy oldin 5500 so‘m turgan 200 grammli saryog‘ bugun 7500 so‘mga sotilayotganini, bozor yonidagi avtoto‘xtov joyi xizmati narxi esa, 1500 so‘mdan 2000 so‘mga ko‘tarilgan.

Keltirilgan narxlarni Toshkentdagi poliklinikalardan birining jarrohi maoshiga qiyoslab ko‘rishingiz mumkin. O‘zini “doktor Shokirov”, deb tanishtirgan jarroh, bir yarim stavka ishlashini, oyiga 600 ming so‘m maosh olishini OzodNazar eshittirishi savollariga javob berayotib aytgan edi.

Demak, doktor Shokirov bir oylik maoshiga shu kunda taxminan 24 kilo qo‘y go‘shti sotib olishi mumkin.

Doktor Shokirov bir oy oldin bitta oyligiga taxminan 27 kilo qo‘sh go‘shti sotib olishi mumkin edi.

Demak bir oylik inflyatsiya do‘xtirning 3 kilo go‘shtini “eb qo‘ydi”.

Ha, aytgancha, O‘zmetronom sayti “davlat poliklinalarida ishlaydigan vrach ko‘rsatadigan xizmat haqi 10000 so‘mdan 17000 so‘mga ko‘tarilgani” to‘g‘risida ham xabar qildi.

Biz doktor Shokirov bilan yana bog‘landik. U “davlat poliklinikasida tibbiy xizmatning pullik turi yo‘q”, dedi.

Toshkentdagi 32- poliklinika telefonini ko‘targan xodima ham doktor Shokirovning gapini takrorladi: “Bizning poliklinikada kattalar uchun ham, bolalar uchun ham pullik xizmat umuman yo‘q”, dedi.

Masalaga oydinlik kiritishi mumkin bo‘lgan Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilaridan esa, savolimizga javob olib bo‘lmadi: vazirlik bo‘limlari har doimgiday xushmuomalalalik bilan bizni bir-biriga yo‘naltirishdan nariga o‘tmadi.
XS
SM
MD
LG