Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:43

Tojikistonda mullalarning jirkanchli shahvoniy harakatlari aks etgan yangi videolar tarqaldi


Tojikistondagi ijtimoiy tarmoqlarda Islom uyg‘onish partiyasining(TIUP) a‘zosi ekanligi aytiladigan shaxsning jirkanchli shahvoniy videolari tarqaldi. Partiya rahbariyati video qahramoni ularning a‘zosi ekanligini tan olgan bo‘lsada, bu video partiya saflarini buzish uchun montaj qilingan demoqda.

Tojikistonliklarning mobil telefonlarida va ijtimoiy tarmoqlarda tarqab ketgan videolavhada TIUPning a‘zosi Mahmadrajab Rizoyevning juda ham jirkanchli shahvoniy harakatlari haqida hikoya qilinadi.

Videotasvirda kadr ortidan gapirayotgan shaxs bu tasvirlar TIUPi boshqaruvi uyushtirgan maxsus guruh tomonidan suratga tushirilganini va bu guruh partiya raisi o‘rinbosari Muhammadali Hayit rahbarligi ostida ishlayotganini aytadi.

Biroq, Muhammadali Hayitning o‘zi bunday guruh tuzilganini inkor qiladi. U bunday harakatlar parlament saylovlari arafasida Islom uyg‘onish partiyasiga bosim o‘tkazish maqsadida qilanayotganini aytadi:

“Qaysidir ma‘noda ishlash qiyin bo‘lyapti. Chunki bosimlar o‘z kuchini ko‘rsatyapti. Lekin biz ishlashda davom etyapmiz va parlament sayloviga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Kimki bu bilan partiya faoliyatini falajlashtirmoqchi bo‘lsa hech qachon maqsadiga yetolmaydi”, deydi Muhammadali Hayit.

TIUP a‘zolari fikricha 2010 yildan boshlab partiyaga rasmiylar tomonidan turli xil ta‘qib va tazyiqlar kuchayib bormoqda.

Ikki yil burun muhojirlikdan qaytgan tojik shoiri Bozor Sobirning “TIUP faoliyatini taqiqlash kerak” mazmunidagi intervьyusi rasmiy nashrlarda chop etilganidan so‘ng bu juda katta mubohasani keltirib chiqargan edi.

TIUP vakillariga ko‘ra, bunday harakat va bosimlar partiyani obro‘sizlantirish va kuchsizlantirish uchun qilinmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik bo‘yicha tojikistonlik ekspert Komyob Jalilovning aytishicha, TIUP faoliyatini taqiqlash haqida mamlakatdagi birorta tuzilmaning aniq dasturi yo‘q. Uning fikricha, tojik hukumatini xorij kuchlarining TIUPni o‘z maqsadlari yo‘lida ishlatishi mumkinligi tashvishga solmoqda.

-Ikkinchi tomondan,- deydi tojik eksperti,- TIUP va boshqa siyosiy partiyalarga nisbatan barqaror munosabatni saqlab qolish uchun mamlakat qonunchiligiga, ayniqsa Konstitutsiyaga ehtiromda bo‘lish kerak. Zero, Konstitutsiya bu partiyaning erkin faoliyat yuritishini ta‘minlaydi.

Tojikistonda so‘nggi paytlarda din vakillarining shahvoniy harakatlarini oshkor qiladigan videotasvirlar ko‘paydi.

Tojikiston IUP nomidan tarqatilgan yana bir videotasvirda obro‘li masjid imomlaridan birining muqaddas islomiy kitoblar turgan xonada bir ayol bilan jinsiy aloqa qilayotgani tasvirlanadi.

O‘tgan yilning oktyabr oyida Tojikistonda ijtimoiy tarmoqlarda “jodugar mulla” nomi bilan tarqalgan videorolik qahramoni Asadullo Ibrohimov Dushanbe shahri Sino tumani sudi qaroriga ko‘ra¸ 7 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Undan oldin esa yana bir tojikistonlik mullaning o‘z qo‘shnisining xotini bilan jinsiy aloqa qilayotgani haqidagi tasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng mulla Tojikistondan qochib ketgan edi.

Joriy yilning boshida Qirg‘iziston muftiysi Rahmatulla Egamberdiyev ayoli bilan intim munosabatlari aks etgan video Internetda tarqalib ketganidan so‘ng lavozimidan iste‘fo bergan edi.
XS
SM
MD
LG