Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:16

O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni nishonlanmoqda


Bugun, 9 may - O‘zbekistonda Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanmoqda.

Mazkur kun arafasida O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Ikkinchi jahon urishi faxriylarining har biriga 600 ming so‘m miqdorida bir martalik mukofot puli berildi.

Shuningdek, prezident farmoni bilan mamlakat bo‘ylab davlat muassasalari tarafidan qator bayram tadbirlari uyushtirildi.

Ulug‘ Vatan urushi davrida O‘zbekistonda yashagan 6,5 million aholining 1,5 millioni frontga ketgan, ulardan 420 mingi qaytib kelmagan, 640 ming nafari yaralangan.

Urush yillarida O‘zbekiston xavfli hududlardan evakuatsiya qilingan 1,5 million kishi uchun boshpana bo‘lgan.

Urush faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan “Nuroniy” jamg‘armasi ma‘lumotiga ko‘ra, ayni damda O‘zbekistonda 3873 nafar Ikkinchi jahon urishi qatnashchilari va 79 mingga yaqin mehnat faxriylari istiqomat qiladi.
XS
SM
MD
LG