Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:10

Eksklyuziv: Nomi xotiralardan o‘chayotgan Andijon qurbonlari ro‘yxati


Andijon voqealaridan 9 yil o‘tib Bobur maydonidagi otishma chog‘ida o‘lganlarning aniq soni hanuz noaniq qolmoqda. Fojia guvohi Baxtiyor Muxtorov hukumat o‘qiga uchgan va rasmiy ro‘yxatga kirmagan 87 kishining ism-familiyasini aniqlab, 2010 yilda Yevroparlamentga taqdim qilgan. Bu yil Ozodlik 2005 yilning kuzida bo‘lgan Oliy sud mahkamasida o‘qib eshittirilgan rasmiy ro‘yxatni ilk bor e‘lon qilmoqda.

Rasmiy ro‘yxat:

Shu kunga qadar 2005 yil 13-14 may kunlari Andijon shahrida bo‘lgan qonli voqealar chog‘ida qurbon bo‘lganlar soni noaniqligicha qolmoqda.

Rasmiy Toshkent taqdim qilgan ro‘yxatda qurbonlar soni 187 kishi, deb taqdim qilingan va bu ro‘yxatning bir qismi 2005 yilning sentyabr-oktyabr oylarida O‘zbekiston Oliy sudida bo‘lgan mahkamalar chog‘ida o‘qib eshittirilgan, xolos. Ro‘yxat rasmiy matbuotda ham chop etilmagan.

Quyida sud-tibbiy ekspertizadan o‘tkazilgan Andijon fojiasi qurbonlarining sudda o‘qib eshittirilgan rasmiy audio-ro‘yxatni tinglashingiz mumkin.

(Bu ro‘yxatda faqat ekspertizadan o‘tkazilgan 154 qurbonning nomi keltirilgan. Rasmiylar e‘tirof etgan yana 33 qurbonning ismi-familiyasi Ozodlikka ma‘lum emas)
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:48:31 0:00
Бевосита линк

Norasmiy ro‘yxat:

Faqat 2010 yilga kelib matbuotga fojia qurbonlarining rasmiy ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda tuzilgan ilk va yagona ro‘yxati voqea guvohi, andijonlik qochqin Baxtiyor Muxtorov tomonidan taqdim qilingan. Qochqin 87 kishining ismi bitilgan bu ro‘yxatni 2010 yilda Yevropa parlamentiga taqdim qilgan.

- Shu kungacha O‘zbekiston hukumati 187 odam halok bo‘lgan, deb kelgan. Unga qarshi biror bir tashkilot, biror-bir fakt bilan chiqmagan. Ko‘pi 1000 ta, ko‘pi 500 ta – hamma har xil variantni keltirgan. Lekin hech kim aniq bir faktga asoslanib, bir nima keltirmagan. Biz “Andijon – Adolat va Tiklanish” tashkiloti tomonidan monitoring o‘tkazib, anketalar tuzib, shu anketalarni qirg‘indan omon qolgan muhojirlikda yashayotgan do‘stlarimizga tarqatdik. Shulardan 226 ta anketa oldik. Shu asosda 87 kishining nomini aniqladik. Bular respondentlarimizga tanish bo‘lgan qurbon bo‘lganlarning ism-familiyasi, - degan edi Baxtiyor Muxtorov Ozodlik muxbiri bilan 2010 yilda qurilgan suhbatda.

Shuningdek, 2010 yilda bedarak yo‘qolgan 11 shaxs nomi ham aniqlangan va quyida Ozodlik ushbu ro‘yxatni mushtariylar e‘tiboriga havola qiladi.

("Andijon-Adolat va Tiklanish" tashkiloti faollari taqdim qilgan bu ro‘yxatni Ozodlik boshqa mustaqil manbalar orqali tasdiqlash imkoniga ega bo‘lmadi)

Qurbon bo‘lganlar:

1. Usmonov Dilshod

2. Teshaboyeva Odinaxon

3. Arapov Husniddin

4. Xo‘jayev Bahrom

5. Sultonov Alisher

6. Turg‘unova Ro‘zixon

7. Yakubov Rustamjon

8. Abdulaxatov To‘raxon

9. Abdurahmon

10. Karimov Shomurod

11. Nodirov Akramjon

12. Nishonov Adhamjon

13. Mamadiyev Muhammadaziz

14. Qo‘shoqov Abdulvohid

15. Akramov Abdurahim

16. Mamarasulov Abdulboqi

17. Mamajonov Muzaffar

18. Soliyev Abdulboqi

19. Soliyev Oyatulloh

20. Mamajonov Murod

21. Nodirov Rahmatulloh

22. Mamarizayev Akmal

23. Tillaboyev Abduqahhor

24. Umarov Bobirjon

25. Rustamov Komiljon

26. Ibragimov Nizomiddin

27. Mirzaboyev Umid

28. Hamidjonov O‘tkir

29. Mo‘minjonov Ismoil

30. Qodirov Ishoq

31. Aliboyev Sayfullo

32. Aliboyev Abdunosir

33. Aliboyev Alisher

34. Qobulov Ilhomjon

35. Uraimov Abduvaqqos

36. Komil

37. Qo‘shoqov Abdulvohid

38. Samatov Olimbek

39. Yuldoshev Pattoxxon

40. Abduvohid

41. Ahmedov Rasuljon

42. Ulug‘bek

43. Jabborov To‘lqinxon

44. Yodgor Mamajonov

45. Qo‘ziyev Abdurahmon

46. Shokirov Sharifjon

47. Mallayev Asqarali

48. Sanjar Ro‘ziboyevich

49. Qodirov Abdulhofiz

50. Zohidova Hidoyatxon

51. Abdumajid

52. Mo‘ydinov Dilshod

53. Muhiddinov Umidjon

54. Saydullayev Saidmurod

55. Saydullayev Dilshod

56. Habibulloh

57. Qambarov Bahodir

58. Hojimatov Abduvohid

59. Ismoilov Muhammadjon

60. Hasanboy

61. Shamshodbek

62. Baxtiyorjon

63. Ergashev Botirjon

64. Rustam

65. Rahmonov Nosirjon

66. Asadullayev Zokirjon

67. Rahmonov Botirjon

68. Hayotbek

69. Nizomjon Timirov

70. Sarimsoqov Akmal

71. Dilshod

72. Qayumov Abdumajid

73. Madrahimov Abdurahmon

74. Abdullayev Abdunosir

75. Umarov Alisher

76. Karimov Pozil

77. Qo‘chqorov Ulug‘bek

78. Qozoqov Nozimjon

79. Karimov Dilshod

80. Turdiyev Azamjon

81. Qobilov Ilhomjon

82. Foziljon

83. Akbarov G‘ayrat

84. Soliyev Ahror

85. Ahmedov Shukur

86. Isoqov Shukrullo

87. Rejabov Obidjon

Bedarak yo‘qolganlar:

1. Ahmadqulov Azamjon

2. To‘rabekov Zamirbek

3. Egamov Abduvosit

4. Alimov Erkin

5. Ismoilov Muhammadjon

6. Hasanjon

7. Ahmadjonov Hasan

8. Dilmurod

9. Hamzayev Hasan

10. Madumarov Mashrabboy

11. Bahrom
XS
SM
MD
LG