Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:12

O‘zbekistonliklarga hujum qilgan qirg‘izistonliklar qo‘lga olindi


O‘zbekiston fuqarolarining avtomashinalarini vayron qilgan qirg‘izistonliklar qo‘lga olindi.

Qirg‘izistonning Botken viloyat militsiyasi O‘zbekistonning So‘x eksklaviga eltuvchi yo‘lda O‘zbekiston fuqarosi Xursanjon Ilyosovning Neksmiya avtomashinasini toshbo‘ron qilgan qadamjoylik Gayrat Isakov 27 may kuni qo‘lga olinganini bildirdi. Xabarda aytilishicha, voqea 23 may kuni Qirg‘izistonning O‘ro‘zbekov qishlog‘i hududida yuz bergan.

Qirg‘iz militsiyasining bildirishicha, 14 may kuni So‘xda yashovchi O‘zbekiston fuqarosining “Mersedes- bents” mashinasini vayron qilgan ikki qirg‘izistonlik ham qamoqqa olingan. Mazkur ikki voqea yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

So‘x O‘zbekistonning Qirg‘iziston hududidagi eksklavidir. Farg‘ona viloyatiga qarashli So‘x tumanida oltmish mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi.
XS
SM
MD
LG