Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:50

G‘isht oltin topgan qo‘qonliklarga hanuz mukofot puli berilmadi


Qo‘qonda kanalizatsiya ishchilari tomonidan topilgan oltin.
Qo‘qonda kanalizatsiya ishchilari tomonidan topilgan oltin.

O‘tgan oy boshlarida 13,5 kilogrammlik g‘isht oltin topib, uni davlatga topshirgan qo‘qonlik besh ishchi haligacha rag‘batlantirilmagan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, topilgan quyma oltin 750 ming AQSh dollarga baholansa, besh ishchining har biri 50 ming AQSh dollardan olishlari kerak.

Qo‘qon shahrida 13,5 kilogrammlik g‘isht oltin topib olgan Suv-oqova shirkati xodimlariga hanuz mukofot pullari berilmagan.

Suv-oqova shirkatining ismi sir qolishini istagan xodimlaridan biri bu haqda Ozodlikka ma‘lum qildi:

- Oltin davlatga topshirib yuborilgandi. Mukofot beriladi, deyapti. Qonunda bilaman, shu oltin qiymatini 25 foizini berishi ko‘rsatilgan. Beramiz deyishyaptiku, - deydi qo‘qonlik ishchi.

Iyunь oyi boshlarida qo‘qonlik ishchilar kanalizatsiya quvurini yangilash uchun yer burg‘ulayotganlarida og‘irligi 13,5 kilogramm bo‘lgan bir dona g‘isht oltin topib olishgan edi.

Oltin topib olgan qo‘qonliklar o‘tgan asr boshlariga oid ekani aytilaëtgan quyma g‘isht oltinni shahar Ichki ishlar bo‘limiga olib borib topshirishgan.

Qo‘qon Ichki ishlar bo‘limi rasmiylariga ko‘ra, g‘isht oltinni Farg‘ona viloyati Milliy xavfsizlik xizmati bo‘limiga topshirib yuborilgan:

- Biz oltinni Farg‘ona viloyati Milliy xavfsizlik idorasiga topshirganmiz. Bu ish bilan Farg‘ona SNBsining tergov bo‘limi shug‘ullanyapti. Biz shuni bilamiz xolos. Topganlarga qancha beriladi, bilmaymiz. Lekin, berilishi kerak, - dedi Qo‘qon Ichki ishlar bo‘limi rasmiylaridan biri.

Farg‘ona viloyati Milliy xavfsizlik xizmatidan Qo‘qonda topilgan g‘isht oltin haqida ma‘lumot olib bo‘lmadi.

Qo‘qon shahar Suv oqova shirkati rahbarlaridan biri 19 iyunь kuni Ozodlik bilan suhbatda besh nafar ishchisi shahar markazida qazishma ishlari payti 13.5 kilolik oltin topib olgani va bu oltin davlat organlariga topshirilganini aytgandi:

- Qo‘qonning Eski shahar qismida, Hamza teatrining orqasida beshta ishchimiz kanalizatsiya quvurlarini yangilashayotgan edi. Ekskavatorda yerni kovlashgan. Biz bilan ishlaydigan Qobil aka qazilgan joyga tushsa¸ yaltillagan narsa ko‘ringan. To‘rt burchak yaltiroq metal. O‘yilgan yozuvlari ham bor. Organlarga olib borishsa, oltin ekan, olib qolishibdi. O‘shandan ularga qanchasinidir berishar ekan, degan edi Suv-oqava shirkati rahbarlaridan biri.

Qo‘qon markazida qazishma ishlarini olib borayotgan Suv-oqova shirkati ishchilari oltin topgani haqidagi xabarlar va shu oltinning fotosurati uyali telefonlar orqali tarqalib ketdi.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra, tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradigan ashyolardan iborat xazina topgan shaxs, uni davlatga topshirishi shart.

Xazina topgan shaxs¸ shu davlat mulkiga topshirilgan xazina qiymatining 25 foizi miqdorida mukofot olish huquqiga egadir.

Topilgan oltinning qiymati taxminan 750-800 ming AQSh dollari atrofida baholanmoqda. Agar qo‘qonlik ishchilarga qonunda ko‘rsatilgani kabi pul beriladigan bo‘lsa, ularning har biri kamida 50 ming AQSh dollaridan mukofot puli olishlari kerak.

XS
SM
MD
LG