Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 16:46

Kontraktga ilinganlardan o‘qish pulini 15 sentyabrgacha to‘lash so‘raldi


O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirganlardan o‘qish pulini 15 sentyabrgacha to‘lash talab qilinmoqda. Birinchidan, bu sanaga qadar kontraktga ilinganlar orasidan pulini to‘lolmaydiganlarni aniqlab, o‘rniga boshqa talabgorlarni olish lozim. Ikkinchidan, paxta terimiga qadar kontrakt asosida o‘qiydigan qariyb 70 foizga yaqin talabaga buyruq chiqarish zarurati bor.

Toshkentdagi qator oliy o‘quv yurtlari rektoratlari to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan bo‘lg‘usi talabalardan kontrakt pulini 15 sentyabrgacha to‘shlashni talab qilmoqda.

- Sentyabr oyining o‘rtasigacha kontrakt pulini to‘lab bo‘lgan bo‘lishi kerak. Hech bo‘lmaganda, birinchi semestr uchun yarim pulini to‘lab tursa ham bo‘ladi. Shunga qarab buyruq chiqaramiz, - dedi Toshkent, jumladan Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti ma‘muriyati vakili.

Aksar oliy o‘quv yurtlari qabulxonalaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ilingan abituriyentlarning 95-100 foizi, odatan o‘qish pulini to‘laydi.

- Hozir dopolnitel nыy kontrakt degan narsa narsa yo‘q bo‘lib ketdi. O‘tgan yili ham kontraktga ilinganlarning hammasi pulini to‘lab, o‘qishga kirgan, - dedi jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti ma‘muriyati vakili.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2014/2015 o‘quv yili uchun oliy ta‘lim muassasalarida bitta talabaning bir yillik o‘qitish qiymati 5 million 50 ming so‘mdan 7 million 450 ming so‘mgacha qilib belgilangan.

O‘tgan o‘quv yilida eng qimmat kontrakt miqdori xalqaro munosabatlar, jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishi bo‘yicha 6 million 750 ming so‘mni tashkil etgan. Bu yilgi kontrakt pulining miqdori 700 000 so‘mga oshirildi.

Ayrim oliy o‘quv yurtlari rektoratlaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, talablarning qariyb 85-90 foizi o‘qish pulini ikkiga bo‘lib to‘laydi va odatan, to‘lovlar sentyabr oyining boshidayoq amalga oshiriladi.

- Hammasi oldindan kotraktga mo‘ljal olib, pulining raschyotini qilib, keyin imtihon topishrayaptiku hozir. Endi ko‘pchiligi naqd to‘laydi. Qarindoshlari u yoqdan-bu yoqdan yuboradi, shuni olib kelib to‘laydi. Bir xillari bor, qishloqlardan perechisleniye qiladi. Bor, xar xillaridan bor, - dedi to‘lov tartibini tushuntirgan Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining rektorati vakili.

Kontrakt pulini to‘lash uchun har o‘quv yili avvalida 15 sentyabrga qadar muddat beriladi va talabaning to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingani to‘g‘risidagi buyruq oy oxiriga qadar chiqariladi.

Lekin, sentyabr oyidayoq aksar oliy o‘quv yurtlari talabalari paxta terimiga olib chiqilishi kuzatiladi. Ayrim oliy o‘quv yurtlaridan olingan ma‘lumotga ko‘ra, terimchi-talabalar orasida hali talabaligi buyruq bilan tasdiqlanmagan abituriyentlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.

- Paxta u o‘z yo‘liga, o‘qish o‘z yo‘liga. Ko‘pchilik talaba sentyabr oyi boshiga pulini to‘lab bo‘ladi. Chunki, hammasi oldindan bilib, tayyorlanib topshiradiku?! Buyruq sal kechroq chiqaveradi, buni paxtaga aralashtirmang, - deya izohlashga urindi Toshkent davlat texnika universiteti xodimi.

O‘zbekiston Prezidenti imzolagan "2014-2015 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta‘lim muassasalariga qabul to‘g‘risida"gi qarorga muvofiq bu yil bakalavr yo‘nalishida jami 57 ming 907 nafar talaba qabul qilinadi.

Shularning 19 ming 120 nafari davlat granti va 38 ming 787 nafari to‘lov-kontrakt asosida ta‘lim oladi.

XS
SM
MD
LG