Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:57

Surxondaryo viloyat hokimining ishdan ketgani aytilmoqda


Bir-biridan mustaqil bir necha manba Surxondaryo viloyat hokimi Eshdavlat Jo‘rayev o‘z arizasiga binoan ishdan ketgani haqida qilgan iddaolarni viloyat hokimligi matbuot xizmati inkor qildi. Ammo, O‘zbekiston kuch ishlatar tuzilmalaridagi manbalar bu xabarni tasdiqladi va tez orada hokimning ishdan olinishiga oid protsedura bo‘lishi kutilayotganini aytdi.

3-4 noyabr kunlari Ozodlikka norasmiy manbalar tomonidan yo‘llangan xabarda Surxondaryo viloyatining 2013 yil 19 dekabrida ishga tayinlangan hokimi Eshdavlat Jo‘rayev ishdan olinganini iddao qildi.

"Hokim paxtani deb ishdan ketdi. Yaqinda e‘lon qilinadi", deb yozdi ismini oshkor qilishni istamagan termizlik manba.

Biroz so‘ngra Twitter tarmog‘idagi ismini oshkor qilmayotganimiz manba: "Surxondaryo viloyati hokimi E. Jo‘rayev o‘z arizasi bilan ishdan ketibdi", degan tvit qoldirdi.

Bu iddaoli xabarlarni Surxondaryo viloyati hokimi Eshdavlat Jo‘rayevning matbuot kotibi Olimjon, deb taqdim qilingan mutasaddi "uydirma" deb baholadi:

"O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tmagan bo‘lsangiz, sizga bunaqa uydirma gaplarga ishonmaslikni maslahat berardim", deya gapni qisqa qildi matbuot kotibi Olimjon, deb taqdim qilingan mulozim Ozodlik muxbiri bilan mikrofonsiz suhbatda.

Ammo, respublika huquq-tartibot idoalaridagi manba Eshdavlat Jo‘rayevning ishdan olinganini "to‘g‘ri ma‘lumot" demoqda:

"Surxondaryonng hokimi ishdan ketdi, aniq gap bu", dedi manba. Uning aytishicha, bu qarorni rasmiylashtirish marosimi kutilmoqda.

Ayni manba, shu alfozda Surxondaryo viloyati prokurori ham almashgani, yangi prokuror Toshkent viloyatidan yuborilganini iddao qildi. Ammo, mavzuga doir boshqa tafsilotlarga to‘xtalmadi. Bu ma‘lumot hozircha boshqa biror mustaqil manba tomonidan tasdiqlanmadi.

Shu tariqa, biroz ziddiyatli iddaolar qorishig‘ida qolayotgan bu ma‘lumotga munosabat bildirgan surxondaryolik bir mulozim 1-2 noyabr kuni selektor yig‘inlarida Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari qattiq tanqid qilingani, bu tanqidlar ortidan viloyat hokimi ishdan ketishga qaror qilgan bo‘lishi mumkinligini ehtimoldan soqit qilmadi.

Ismini oshkor qilmasligimizni so‘ragan surxondaryolik mulozimga ko‘ra, selektorda "paxta terimida oqsoqliklar bo‘layotgani", "jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani eng katta rahbar tomonidan" tanqid qilingan:

"Odatda bunaqa selektorlardan keyin tanqid qilingan viloyatlarning hokimlari ketishi bor gap. Kamida bir-ikkita tuman hokimi olinadi. Lekin viloyat hokimi sessiyada olinadida, shunisi qiziq. Hozir viloyatda hech kim anig‘ini bilmaydi. Lekin, selektordan beri hammada vahima bor. Chamamda Surxondaryoda navbatdan tashqari sessiya bo‘lsa kerak", deb yozdi ijtimoiy tarmoqlar orqali Ozodlikka bog‘langan surxondaryolik manba.

Darvoqe, Twitter tarmog‘ida Samarqand viloyatidagi tumanlardan birining hokimi Surxondaryoga hokim qilib tayinlanishi kutilayotgani haqidagi iddao ham tarqaldi. Hozircha bu iddao ham boshqa mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmadi.

Jo‘rayev Eshdavlat Tursunovich O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2013 yilning 19 dekabridagi farmoni bilan Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan.

O‘shanda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tgan, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov qatnashgan sessiyada 2011 yil 2 dekabridan boshlab viloyat hokimi vazifasini bajarib kelgan Normo‘min Choriyev ishdan olingan.

O‘shanda prezident hokimlikka loyiq nomzod tanlash masalasi o‘zi uchun har doim og‘ir kechishi haqida yurakdan kuyinib gapirgan edi:

"Eng murakkab vazifangiz nima, deb so‘rashsa aytardim, shu rahbarlarni lavozimga ko‘tarishga tavsiya berish! Eng murakkab vazifa shu – odamning ichida nima bo‘layotgani, nafs balosidan o‘zini saqlayaptimi-yo‘qmi? Nafs balosi shunday balo bo‘ladiki, shunday xavfli bir kasallik – kasallik bo‘ladiki, undan o‘zini saqlash og‘ir bir savdo"
, degan edi prezident.

Президент Каримовнинг Сурхондарë вилоятида 2013 йил 19 декабрда сўзлаган нутқидан парча
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:34 0:00
Бевосита линк

O‘zbekistonlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning ta‘kidicha, Surxondaryo viloyati mamlakat boshqaruvida siyosiy-iqtisodiy ahamiyati kuchli bo‘lgan va mudofaa tizimining strategik muhim nuqtalaridan biridir. Shu bois, bu hududda rahbar almashinuvi prezident Islom Karimov uchun hamisha o‘ta muhim qaror hisoblanadi.

Камолиддин Раббимов билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:05:56 0:00
Бевосита линк

Surxondaryo viloyat hokimi etib tayinlanguniga qadar Eshdavlat Jo‘rayev O‘zbekiston Bosh Prokuraturasi va Ichki ishlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Asli muzrobodlik bo‘lgan Eshdavlat Jo‘rayev muqaddam Qashqadaryo viloyat prokurori lavozimida ham ishlagan.

***************************************************************************

Ozodlik ziddiyatli iddaolar qorishig‘ida qolayotgan ayni mavzuga doir qo‘shimcha tafsilotlarni aniqlashga urinmoqda.

Mavzuga doir tafsilotlardan xabardor bo‘lsangiz, faktlarga ega bo‘lsangiz, marhamat, Ozodlikka xabar yo‘llang:

WhatsApp: +420 724 971 539

Skype: OzodOvoz, OzodlikOnline, OzodSkype

Email: ozodlikmail@gmail.com, uzbekweb@rferl.org

mobile: +420 602 612 713 SMS va qo‘ng‘iroqlar

Facebook+Twitter+Odnoklassniki: Ozodlik Radiosi

XS
SM
MD
LG