Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:21

RSF: O‘zbek qamoqxonalaridagi boshqa jurnalistlar ham ozod qilinishi kerak!​


Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini yillardan beri qamoqqa tashlangan jurnalist va huquq faollarini ozod etishga chaqirib keladi.
Xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston hukumatini yillardan beri qamoqqa tashlangan jurnalist va huquq faollarini ozod etishga chaqirib keladi.

Bosh qarorgohi Parijda joylashgan Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Yohan Bihr o‘zbekistonlik taniqli diniy voiz va futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov ozod etilgani bilan O‘zbekistondagi matbuot erkinligi bilan bog‘liq umumiy manzara o‘zgarishsiz qolayotganini aytdi.

12 fevral kuni Ozodlik bilan suhbatda Yohan Bihr O‘zbekistonda yana kamida to‘qqiz jurnalist qamoqda qolayotganini eslatib, hukumat ularni ham ozod etishi kerakligini ta‘kidladi:

- Xayrulla Hamidov ozod bo‘lganidan quvonchimiz cheksiz, albatta. Uning qamoqqa olinganidan juda xavotirda edik. Afsuski Hamidov ozodlikka chiqarilganiga qaramay¸ O‘zbekistondagi matbuot erkinligining abgor ahvoli o‘zgarishsiz qolmoqda. Hozirda kamida to‘qqiz jurnalist O‘zbekiston qamoqxonalarida azob chekmoqda, qiynoqqa solinmoqda. Xayrulla Hamidovning ozod etilganidan mamnunmiz, lekin buni O‘zbekistonda matbuot erkinligi ahvoli yaxshilanayotgani belgisi deb aytolmayman, deydi Yohan Bihr.

2010 yilda noqonuniy diniy guruhga a‘zolik hamda jamoat tartibiga xavf soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatishda ayblanib, olti yilga qamalgan Xayrulla Hamidov 11 fevral kuni ozodlikka chiqarildi.

Xalqaro tashkilotlar, jumladan Parijdagi Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti Xayrulla Hamidov va u qatori qamalgan siyosiy mahbuslarni ozod etish talabi bilan O‘zbekiston hukumatiga ochiq murojaatlar qilib kelgan.

Yohan Bihr o‘zbek rejimining Xayrulla Hamidovni hibsga olish uchun ko‘rsatgan sabablari boshdanoq shubhali bo‘lganini aytadi:

- Xayrulla Hamidovning diniy hayoti va faoliyati bilan bog‘liq o‘tmishidan xabardormiz. Shuni ham ta‘kidlamoq kerakki, u o‘zining “Xolislik sari” dasturi orqali butun mamlakat bo‘ylab keng ommani atrofiga to‘play oldi. To‘g‘ri¸ bu ko‘rsatuv an‘anaviy islomiy qadriyatlari haqida bo‘lgan. Ayni paytda Hamidov O‘zbekistonda rasmiy matbuot ko‘tarmaydigan dolzarb ijtimoiy muammolarni ham ko‘tarib chiqqan jurnalist bo‘lgan, deydi Chegara bilmas muxbirlar tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Yohan Bihr.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti 12 fevralь kuni e‘lon qilgan Matbuot erkinligi indeksida O‘zbekiston 180 mamlakat orasida 166-o‘ringa qo‘yildi.

​- O‘zbekistonda o‘tgan yili matbuot erkinligi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgargani yo‘q, bu mamlakat hali xam matbuotni bo‘g‘uvchi dunyodagi eng qattol rejimlardan biri bo‘lib qolmoqda. Biz yana bir bor O‘zbekiston hukumatini kasbiy faoliyati uchun qamalgan va qamoqxonalarda azob chekayotgan qolgan jurnalistlarni ozod qilishga chaqiramiz, deydi Yohan Bihr.

Hozircha O‘zbekiston hukumati bu kabi xalqaro hisobot va da‘vatlarga bevosita munosabat ko‘rsatgani¸ yoxud qolgan jurnalistlarni ozod qilish niyatini ko‘rsatganicha yo‘q.

Aksincha¸ qamoqda qolayotgan to‘qqiz nafar jurnalistdan biri¸ 60 yashar Muhammad Bekjonning 13 yillik qamoq jazosi 2012 yil fevral oyida tugashi arafasida yana qo‘shimcha 4 yilu 8 oyga uzaytirildi.

Muxolifatchi jurnalist Yusuf Ro‘zimurodov ham sog‘lig‘i yomonlashganiga qaramay, 15 yildan buyon qamoqda qolmoqda.

XS
SM
MD
LG