Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:13

O‘zbek diplomatlari Ukrainada O‘zbekistonni uyatga qo‘ydi​


Surxondaryolik Dilbar "Govorit Ukraina" tok-shousi mehmoni bo‘ldi.
Surxondaryolik Dilbar "Govorit Ukraina" tok-shousi mehmoni bo‘ldi.

Prezidentlik lavozimining to‘rtinchi muddatiga kirishgan kungi nutqi davomida Islom Karimov gap orasida “Inson huquqi, inson erkinligi, inson manfaati oldin qo‘yilishi kerak, a davlat shuni avvalambor bajo ettirib, odamlarni rozi qilib, undan keyin davlat manfaatiyam o‘z yo‘li bilan joy-joyiga chiqadi, kerak bo‘lsa, hammasi bo‘ladi”, dedi.

Mamlakat rahbari bu gapni qay darajada samimiy aytdi, davlat mulozimlari bundan buyon mana shu printsipga rioya qiladimi-yo‘qmi – bu boshqa masala.

Biroq shu paytgacha amaldorlar oddiy o‘zbekistonlikning muammolariga loqayd qarab kelgani to‘g‘risida juda ko‘p gapirilgan.

Yaqinda Ukraina televideniyesida namoyish etilgan bir ko‘rsatuv o‘zbek elchilari va konsullarining o‘z vatandoshlari muammolariga befarqligiga yorqin dalillardan yana biridir.

Surxondaryolik Dilbar Farmonovaning ko‘rgiliklariga “Govorit Ukraina” (“Ukraina” telekanali) tok-shousining joriy yil fevralida efirga chiqqan soni bag‘ishlandi.

Ukraina nima haqda govorit?

Bir soat davom etgan ko‘rsatuvda o‘zbekistonlik ayolning yoshi uchlardagi o‘g‘li Eshali bilan Kiyev metrosi bekatlarida tilanchilik qilgani;

davlatning bolalar huquqlari himoyasi bilan shug‘ullanadigan rasmiylari ayolning bolasini tortib olib tegishli muassasaga topshirgani;

ayol o‘z farzandi bilan ko‘rishish imkonidan mahrum bo‘lgani;

ayolga oddiy ukrainaliklar va mahalliy masjid qavmi yordam bergani;

ayolning og‘ir qismatiyu uning O‘zbekistonga qaytishga puli yo‘qligi to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Kiyevda go‘dagi bilan tilanchilik qilgan o‘zbek ayoli

Muammolariga bag‘ishlangan ko‘rsatuvda surxondaryolik Dilbar Farmonovaning o‘zi ham ishtirok etgan.

Olib boruvchining qayerliksiz, degan savoliga Dilbar

- Surxondaryo viloyati, Uzun tumanidan, JBI poligonidanman, deb javob beradi.

Uning aytishicha, Ukrainaga eri va 4 farzandi bilan ish izlab kelgan.

Oradan ko‘p o‘tmay Dilbarning qaynotasi olamdan o‘tadi va eri uch bolani olib vatanga qaytadi.

Qo‘lidagi to‘rtinchi farzandi bilan Kiyevda qolgan Dilbar eri qaytguncha tirikchiligini o‘tkazib turish uchun ish izlaydi.

- Juda uzoq ish izladim, lekin hech qayerdan ish topa olmadim, deydi Dilbar chala-chulpa ruschalab.

Shundan so‘ng, ilojsiz qolgan Dilbar tilanchilik qilishga majbur bo‘ladi.

- Tilanchilikka haftada bir-ikki martagina, juda qiynalib qolganimda chiqardim, deydi Dilbar.

Aytishicha, tilanchilik qilgan kuni nari borsa 50 grivna sadaqa tushardi.

50 grivna shu kunda 3 dollarga yetib-etmaydigan aqcha.

Tabiiyki, bu pulga Kiyev – Toshkent uchog‘iga bilet bermaydilar.

Tilanchilik qilib yurgan kunlarining birida uning o‘g‘lini rasmiylar olib ketib qoladi va shu voqea bo‘lmaganida Dilbarning muammolaridan “Ukraina” kanali ham bexabar qolgan bo‘lar edi.

Ko‘rsatuvga O‘zbekiston vakillari kelmadi

“Ukraina” kanali va u orqali 45 million kishilik Ukraina xalqi bu voqeadan boshqa bir holatda - agar O‘zbekistonning Kiyevdagi diplomatik missiyasi o‘z vatandoshiga befarq bo‘lmaganida ham xabarsiz qolishi mumkin edi.

Dilbar Farmonovaning ishi bilan shug‘ullangan ukrainalik rasmiyning ko‘rsatuvda aytishicha, u O‘zbekistonning Kiyevdagi dipmissiyasiga aynan shu ish bilan murojaat qilgan, lekin murojaatlar javobsiz qoldirilgan.

Ko‘rsatuv olib boruvchisi ham o‘zbek elchisi va konsuli ko‘rsatuvga taklif qilingani, lekin ular kelmaganini aytadi.

Olib boruvchining bu xabaridan so‘ng ko‘rsatuv ishtirokchilaridan biri bunday deydi:

- Elchi yoki konsulning vazifasi hozir bo‘lib turgani davlat hududidagi vatandoshlarining huquqlarini himoya qilishdir. Agar bu majburiyatini bajarmayotgan bo‘lsa, bunday diplomatni O‘zbekistonga qaytarib yuborib, fuqarolarini himoya qiladigan boshqasini qabul qilish lozim.

Ozodlik Kiyevdagi konsul bilan bog‘lanishga urindi

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi rasmiy saytida Kiyevdagi konsulxona har ish kuni soat 15.00 dan 17.00 gacha telefon orqali murojaatlarga javob berajagi xabar qilingan.

Ozodlik muxbiri aynan shu muddat ichida konsullikka bir necha bor qo‘ng‘iroq qildi, biroq hech kim javob bermadi.

Shunday qilib, Ozodlikning ko‘rsatuv davomida paydo bo‘lgan savollari javobsiz qoldi.

O‘zbekistonning elchixonasi har doim ham sassiz emas

Masalan, o‘tgan yilning yanvari oxirida, Kiyevning Yevromaydonida noroziliklar avjiga chiqqan bir paytda O‘zbekiston elchixonasi Ukrainada yurgan o‘zbekistonliklarni o‘ta ziyrak va ehtiyot bo‘lish, namoyishlarda ishtirok etmaslik, voqealarni suratga yoki videotasvirga tushirmaslik, sodir bo‘layotgan voqealar mavzuida mahalliy aholi bilan bahs-munozaralarga kirishmaslikni tavsiya qilgan, Ozodlik muxbiri savollariga tahdidnamo javoblar bergan edi.

Konsulning vazifasi nimalardan iborat?

Bu savolni o‘zbekistonlik sobiq diplomat, bir qator chet davlatlarda Sovet konsuli bo‘lib ishlagan, hozirda siyosiy muhojir Toshpo‘lat Yo‘ldoshevga berdik.

Тошпўлат Йўлдошев консулларнинг вазифалари тўғрисида:
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:08:54 0:00
Бевосита линк

Dilbar Farmonovaning ishi nima bilan tugadi?

“Govorit Ukraina” ko‘rsatuvi o‘zbekistonlik ayol va uning o‘g‘liga Kiyev –Toshkent uchog‘iga bilet olib berdi va Kiyev aeroportida kuzatib qo‘ydi.

XS
SM
MD
LG