Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:50

OzodBozor: Toshkent bozorlarida go‘sht narxi mo‘’tadil, yog‘ narxi keskin oshgan


Shu yilning 1 dekabridagi holatga nisbatan Toshkentning Qo‘yliq va Eski Jo‘va dehqon bozorlarida go‘sht narxi birmuncha turg‘un va mo‘’tadilligicha qolmoqda. Masalan, bir kilogramm qo‘y go‘shtini shu kunda 22 000 – 26 000 so‘mdan, mol go‘shtini esa 21 000 – 25 000 so‘mdan sotib olish mumkin.

Shu yilning 1 dekabridagi holatga nisbatan Toshkentning Qo‘yliq va Eski Jo‘va dehqon bozorlarida go‘sht narxi birmuncha turg‘un va mo‘’tadilligicha qolmoqda.
Masalan, bir kilogramm qo‘y go‘shtini shu kunda 22 000 – 26 000 so‘mdan, mol go‘shtini esa 21 000 – 25 000 so‘mdan sotib olish mumkin.

Parranda go‘shti (asosan tovuq) o‘tgan haftaga nisbatan biroz qimmatlagan, ya’ni Yangiyo‘l va Samarqand broyler fabrikasining mahsulotlari kilogrammi 13 500 so‘mgacha. Baliq mahsulotlari esa mahalliy baqqollar hissasi evaziga ancha arzonlashgan: bir kilogramm (zog‘orabaliq 9 000 – 15 000 so‘m), (Afrika laqqasi 8 000 – 11 000 so‘m), (sudak 12 000 -17 000 so‘m).

Biroq poytaxt bozorlarida so‘mning qurbi ketib, dollar qiymati oshgach, xorijdan, xususan, Eron va Turkiyadan import qilinuvchi tsitrus mevalarnarxi (limondan tashqari) sezilarli darajada oshgan.

Jumladan, banan narxi so‘nggi ikki haftada qariyb 40 foizga ko‘tarildi: 8 500 so‘mdan 14 000 so‘mgacha. Ananasning bir boshi 12 000 so‘mdan 18 000 so‘mgacha. Kivining kilogrammi 15 000 so‘mdan 25 000 so‘mgacha. Limon narxi esa mahalliy etishtiruvchilar hissasi evaziga 8000 so‘mdan 4 000 so‘mgacha tushdi.

Guruch bozorida esa mavsumiy yangi hosilning bozorga kirishi evaziga narxlar birmuncha pastladi. Masalan, qilich navli oshbop “Lazer” guruchning bahosi o‘rtacha 9 000 so‘m. Holbuki, bu guruchning kilosi avvalroq 12 000 so‘mgacha ko‘tarilgandi.

Hammabop va hamyonbop “Alanga” 4 000 -5 000 so‘m, “Avangard” va “Kenja” navli guruchlar bahosi 3 000 – 4 000 so‘m.

Hukumat va mahalliy hokimiyatlar burchak-burchaklarda “Elga xizmat” shaxobchasi orqali parrandachilik korxonalarini arzon tuxum sottirishga majburlayotganiga qaramay, tuxumning bozordagi chakana narxi 500 so‘mdan tushgani yo‘q.

Qozog‘istondan import qilinadigan oliy navli unlarning narxlarida o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmaydi. Masalan, eng sifatli oliy navli “Oltin don” – 3 200 so‘m, “Doni Non” 3 100 so‘m, “Pioner” 2900 so‘m va hokazo.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotuvga qo‘yilgan va eng xaridorgir un naviga aylanib borayotgan mahsulot (oliy navli “Marhabo” 2 400 so‘m) qozoq uniga raqobatchi bo‘lishi mumkin.

Paxta va o‘simlik yog‘lari narxi keskin oshgan. Masalan, hajmi 4,5 kub litr bo‘lgan “Toshkent” va “Moya mechta” paxta yog‘larining qadog‘i 29 000 – 30 000 so‘mgacha, Rossiyadan import qilinadigan “Zateya” va “Avedov” o‘simlik yog‘larining litri 10 000 so‘mgacha.

Angren shakarining chakana bahosi 3 000 so‘mni, Xorazm shakari narxi esa 3 200 so‘mni tashkil qilmoqda.

XS
SM
MD
LG