Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:47

Yakkalanib qolayotgan Rossiya


Faollar Moskvada Turkiya bayroqlarini yoqib yubordi va mamlakatning Rossiyadagi elchixonasini tuxum va toshlar bilan toshbo‘ron qildi. Qrimda esa bir guruh faol Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni ifodalovchi qo‘g‘irchoqni yoqib yubordi.

Faollar Moskvada Turkiya bayroqlarini yoqib yubordi va mamlakatning Rossiyadagi elchixonasini tuxum va toshlar bilan toshbo‘ron qildi. Qrimda esa bir guruh faol Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni ifodalovchi qo‘g‘irchoqni yoqib yubordi.

Rossiyada bir necha Turkiya fuqarosi viza qoidalarini buzganlikda ayblanib, qo‘lga olindi. Kreml Turkiya fuqarolarining Rossiyaga vizasiz sayohat qilishiga chek qo‘ydi va Turkiyaga buyurtma reyslarni bekor qildi.

Yaqindagina Turkiya Rossiyanining yaqin “do‘st”laridan bir edi. Bor-yo‘g‘i bir yil oldin prezident Vladimir Putin Erdo‘g‘onni G‘arb bosimini pisand qilmaydigan “kuchli xarakterli kishi”, deb maqtagan.

Rossiyaning Su-24 uchog‘ining urib tushirilishi Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi hozirgi janjalning asosiy sababchisi o‘laroq ko‘rilmoqda. Turkiya rus samolyoti mamlakat havo hududiga iznsiz kirgani haqida Moskvani bir necha marta ogohlantirganidan keyin o‘qqa tutganini aytmoqda.

Ammo kosa tagida nimkosa bor: bu mojaroning asosiy sababi yanada chuqurroq bo‘lib, uning ta’siri Moskva va Anqarara o‘rtasidagi aloqa bilangina cheklanmagan.

Kreml yovuz dunyoga qarshi kurashyotgan “Rossiya qal’asi” haqidagi ertakdan bundan avval ham muvaffaqiyatli ravishda foydalangan. Bugungi kunda bu ertak haqiqatga aylanmoqda.

Siyosiy tahlichi Leonid Bershidskiy “Blumberg” nashrida chop etilgan maqolasida: “Putinning Rossiyasi sust emas, shunchaki u potensial do‘stlarni ham o‘ziga qarshi qilgani uchun yolg‘iz va sevimsizdir”, deb yozdi.

Kreml siyosatini kuzatib boruvchi Tatyana Stanovaya ham politcom.ru saytida: “Rossiya jahon miqyosida yolg‘iz va xo‘rlangan ahvolga tushib qoldi”, deb yozdi.

Qrim anneksiyasi, Donbassdagi aralashuv hamda MH17 reysining urib tushirilishi ortidan Smolenskning g‘arb tarafida Moskvaning hech bir chinakam do‘sti qolmadi.

Evropada Rossiyaning xayrixohligiga ishonuvchilar qolmadi. Yaqin hamkor Germaniya ashaddiy tanqidchiga aylandi. Odatda neytral bo‘lib kelgan Shvesiya va Finlandiya NATOga qo‘shilish haqida o‘ylay boshladi.

Rossiya eski do‘sti Ukrainani ashaddiy dushmanga aylantirdi. Uzoq yillar shunday bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Putin tuzumi hatto avtokratik Belorusni ham borgan sari ko‘proq tashvishlantirmoqda.

Moskvaning Suriyadagi fuqarolik urushiga aralashishi va prezident Bashar al Assad tuzumini mustahkamlashga qaratilgan harakatlari, “Islomiy davlat” jangarilari bilan kurashish niqobi ostida Assadga qarshi muxolifatni mo‘ljalga olishi janubda joylashgan kuchli o‘yinchilarni, jumladan, Turkiya, Saudiya Arabistoni hamda Fors ko‘rfazi mamlakatlarini teskari qildi.

Bundan tashqari, o‘sib borayotgan Xitoy zaiflashib borayotgan Rossiyani kichik hamkorga aylantirishi ayon bo‘lganidan keyin, Kreml bu mamlakatdan ham yiroqlasha boshladi.

“Nezavisimaya gazeta”da yaqinda chop etilgan maqolada: “Rossiyada birorta ham kuchli strategik hamkor yo‘q: uning barcha ittifoqlari vaqtincha va ular istalgan paytda dushmanlikka aylanishi mumkin”, deyiladi.

Moskvaning yakkalanishi Putin 2012 yilda Kremlga qaytganidan keyin duch kelgan ichki siyosiy dilemmadan boshlangan.

O‘sha paytgacha siyosiy tuzumning qonuniyligi o‘sib borayotgan yashash darajasi va prezidentga sodiq bo‘lgan o‘rta sinf vakillariga bog‘liq bo‘lgan. Ammo bu siyosiy “kelishuv” 2011-12 yillardagi namoyishlar va tushib borayotgan neft narxi sabab barbod bo‘ldi.

Natijada Putin “harbiy dohiy uslubidagi liderlik hamda doimiy favqulodda ahvol yarata oladigan yangi legitimlik o‘ylab topishga majbur bo‘ldi”, deb yozdi Tashqi ishlar bo‘yicha Evropa qo‘mitasining katta xodimi Kadri Liik. “Kuchli etakchilik imijini saqlab qolish va stagnasiya hissi tug‘ilishi oldini olish uchun jur’atlilik qo‘l keladi, hatto boshqa yo‘li yo‘q desa ham bo‘ladi”, deb yozdi Liik.

Ushbu “harbiy dohiylik”ning muhim elementi Rossiyani xalqaro qoida va tartiblar keltirib chiqaradigan cheklovlardan ozod qilish bo‘lgan. Putinning “yangi yo‘li”da iroda kuchi bilan mamlakatni superdavlat statusiga qayta olib chiqish ko‘zda tutilgan.

Rossiya qo‘lidan kelgani uchun Qrimni anneksiya qilib oldi va Donbassga kirib bordi. Ko‘ngli xushlagani uchun NATO havo hududini buzdi. Nadejda Savchenko, Oleg Sensov va Eston Koxver kabi boshqa mamlakat fuqarolarini o‘g‘lirlab ketib, asir tutdi va dunyoni biror chora ko‘rishga jur’at qilishga chorladi.

“Vedomosti” nashrida yaqinda chop etilgan maqolada Moskvada ish olib boruvchi xalqaro aloqalar tahlilchisi Vladimir Frolov bu siyosatni “ozod qilish diplomatiyasi” deb atab, bu siyosat undan avvalgi yigirma yil davomida Moskva erishgan hamkorliklardan voz kechishini aytdi.

“Rossiya tanlagan yangi yo‘nalish mamlakat har qanday ta’sir va cheklovlardan erkin deganidir, - deb yozdi Frolov. - Bu erkinlik Rossiya xalqaro qonunlarga amal qilishga majbur emas, degani… va Rossiyaning dunyoda etakchi rolni qo‘lga kiritishga urinishlarini to‘xtatib bo‘lmasligini anglatadi”.

Ushbu yakkalanish diplomatiyasi, tabiiyki, xalqaro yolg‘izlanishga va yakkamoxovlikka olib keladi.

Frolov aytganidek, hozircha Moskva “tashqi siyosatni iqtisodiy qiziqish va imkoniyatlardan ajratishga” muvaffaq bo‘lib kelmoqda. Ammo bu barqaror yo‘l emas.

Shunday bo‘lsa-da, yakkalangan va ranjigan davlatlar, ayniqsa, yadroviy qurolga, katta armiyaga va mo‘l-ko‘l tabiiy boyliklarga ega yakkalangan va ranjigan mamalakatlar katta ziyon keltirishi mumkin.

Bu degani hozircha bizni “Mo‘rt imperiya: Rossiyada qanday qilib Vladimir Putinga mehr va nafrat uyg‘ongani” deb nomlanuvchi kitobning muallifi Ben Juda tili bilan aytganda “zo‘ravonlik bilan yug‘rilgan yangi norma” kutmoqda.

“Prospekt” jurnalida chop etilgan maqolasida Juda: “Aql bovar qilmaydigan hodisalar ro‘y beradi, tezda qabul qilinadi va qora fonda xiralashib, yo‘q bo‘lib ketadi. Hozir kulrang urushlarga guvoh bo‘lyapmiz: o‘rmalayotgan olishuvlar, vakillar to‘qnashuvlari hamda Rossiya bilan janjallar sodir bo‘lmoqda”, deb yozdi.

Ozod Evropa-Ozodlik radiosi muxbiri Brayan Uitmorning ushbu maqolasini ingliz tilidan Nodir Ataev tarjima qildi.

XS
SM
MD
LG