Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:12

O‘zbekistonliklar Koreyada avtomashina boshqarish huquqiga ega bo‘ldi


O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida tuzilgan haydovchilik guvohnomalarini o‘zaro tan olish va alishtirish to‘g‘risidagi shartnoma 24 dekabrdan boshlab kuchga kirdi.

Mazkur hujjat 2015 yilning 28 mayida Seulda imzolangan edi. Shartnomaga binoan O‘zbekiston fuqarolari Janubiy Koreyada haydovchilik guvoxhnomalarini alishtirganidan so‘ng avtomobilь boshqarish huquqiga ega bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomasi almashtirilishi uchun o‘zbekistonliklar Janubiy Koreyada avtomashina boshqaruvi yuzasidan nazariy va amaliy imtihon topshirishi shart.

Janubiy Koreya fuqarolari O‘zbekistonda mana shunday huquqqa ega bo‘lishi uchun ularning haydovchilik guvohnomalari Koreya Respublikasi rasmiy idoralari tomonidan apostil vositasida tasdiqlanishi lozim.

XS
SM
MD
LG